Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot
Piyoz o‘zining achchiqligi va ta’mi uchun ko‘plab taomlarda faol ishlatiladi. Uning kaloriyasi past, ammo kvarsetin kabi antioksidantlarning yuqori tarkibiga ega. Kvarsetin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish va oksidlovchi stressni kamaytirish orqali testosteron DGT ishlab chiqarishni bartaraf etadi.
Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan mahsulotlar
Foto: Cosmopolitan
Organizmda erkak gormonlari darajasining ko‘payishi tufayli sochlar to‘kilishni boshlasa, foydali mahsulotlarni iste’mol qilish orqali ushbu muammoga yechim topish mumkin.
Nima uchun sochlar to‘kiladi?
Ko‘pincha erkaklarda ham, ayollarda ham androgenlar ta’sirida sochlar siyraklasha boshlaydi. Buning asosiy sababi digidrotestosteron (DGT) deb ataladigan gormondir. Tana tabiiy ravishda bu moddani testosterondan 5-alfa reduktaza deb ataladigan ferment yordamida ishlab chiqaradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez bilan to‘xtatish testosterondan DGT ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi va shu tariqa sochlarni to‘kilishidan himoya qiladi. Ushbu tadqiqotning aksariyati hali uzoq davom etmagan, ammo hali hammasi oldinda.
Oshxonadagi 6 ta asosiy soch himoyachisi bilan tanishib chiqing.
Ko‘k choy
Ko‘k choy butun dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biridir. Choy butasining barglari ko‘k choy olish uchun bug‘langanligi sababli, ichimlik ko‘proq foydali tabiiy birikmalarni o‘zida saqlaydi. Ular orasida vazn yo‘qotish, yurak va miya salomatligini yaxshilashga yordam beradigan epigallokatexin gallat (EGCG) mavjud.
Yaxshi xabar shundaki, bu foydali birikma soch follikulalarini DGT ning zararli ta’siridan ham himoya qiladi. Tadqiqotlar hali ham davom etayotgan bo‘lsa-da, lekin salomatlik uchun ko‘k choy ichishni boshlash mumkin.
Kokos moyi
Kokos moyi qandolatchilikda ham, kosmetologiyada ham qo‘llaniladi. U triglitserid yog‘larining yuqori foizini o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati laurik kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar bu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishni to‘xtatishni isbotladi. Shuningdek, ba’zi retseptlardagi sariyog‘ni kokos moyi bilan almashtirish mumkin, bu juda foydali.
Piyoz va boshqa kversetinga boy mahsulotlar
Piyoz ajoyib ta’m tufayli turli xil taomlarga qo‘shiladi. Uning kaloriyasi past, ammo kversetin kabi antioksidantlarga boy. Olib borilgan klinik tadqiqotlarda kveretin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini yo‘q qilishi va oksidlovchi stressni kamaytirish orqali testosterondan DGT ishlab chiqarishni bosishi aniqlangan. Sinovlar o‘tkazilganda kalamushlar yungi mayin va pahmoq bo‘lib qoldi, ammo olimlar hali odamlarga yetib bormadi.
Yana qanday mahsulotlar kversetinni o‘z ichiga oladi?
yangi kapers – 233,84 mg
xom otquloq – 86,2 mg
xom qizil piyoz – 39,21 mg
kress-salat – 29,99 mg
qalampir – 27,6 mg
buzina – 26,77 mg
oq karam – 22,58 mg
bamiya – 20,97 mg
kakao kukuni – 20,0 mg
klyukva – 14,0 mg
goji mevalari, quritilgan – 13,6 mg
ko‘k piyoz – 12,6 mg
olxo‘ri – 12,45 mg
rukkola – 7,92 mg
chernika – 7,67 mg
fasol – 6,82 mg
anjir – 5,47 mg
Zarchava
Zarchava – oshxonada keng qo‘llaniladigan ziravordir, ammo u parhezbop mahsulot sifatida ham mashhur. Olimlar zarchavani yallig‘lanishni kamaytirish, artrit og‘rig‘ida, qondagi xolesterin darajasini optimallashtirish va jismoniy mashqlardan tiklanishga yordam berishda foydali ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zarchava ham 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini blokirovka qilish orqali DHT darajasini pasaytiradi.
Qovoq urug‘lari
Qovoq – kuzning haqiqiy ramzi va sevib iste’mol qilinadgan foydali mahsulot. Har bir qovoq tarkibida temir, rux, magniy va antioksidantlarga boy bo‘lgan yuzlab foydali urug‘lar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi.
Olti oylik tadqiqotda peshonalarida kallik paydo bo‘lgan 76 erkak ishtirok etdi. Kuniga 400 mg oshqovoq urug‘i yog‘ini qabul qilganlar boshqalarga qaraganda ko‘proq soch o‘sishi bo‘yicha yaxshi natijaga erishdi. Biroq soch qalinligida sezilarli farqlar yo‘q edi.
Maxsus fermentning to‘xtatilishi testosterondan digidrotestosteron ishlab chiqarishga ta’sir qildi, ya’ni sub’ektlarning sochlari o‘sishiga to‘sqinlik qilmadi. Tadqiqot ishtirokchilari qabul qilgan qo‘shimchada boshqa faol moddalar ham bor edi, shuning uchun olimlar natija qovoq urug‘i yog‘ida ekanligiga ishonchi komil emas.
Yashil no‘xat
Yashil no‘xat ko‘pincha garnir yoki gazak sifatida iste’mol qilinadi. Ushbu mahsulot nafaqat oqsil va kletchatkaga, balki ular izoflavonlarga ham boy – DGT darajasini pasaytiradigan foydali o‘simlik birikmalari.
Ma’lum bo‘lishicha, yashil no‘xat uzoq vaqtdan beri erkaklardagi testosteronga ta’siri bilan mashhur. Ammo bir qancha dalillar shuni ko‘rsatadiki, agar mahsulot me’yorida iste’mol qilinsagina, natijaga erishish mumkin.
Soch to‘kilishini yana qanday davolash mumkin?
Soch to‘kilishi turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin va DGT darajasining oshishi ulardan faqat bittasi. Shuning uchun ushbu holatda trixolog bilan bog‘lanish u buyurgan ko‘rsatmalarga rioya qilish kerak.
Soch ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli siyraklashsa, bunda vitaminlar yordam beradi. Misol uchun, Shveysariyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, soch to‘kilishidan aziyat chekadigan ayollarning 38 foizida biotin yetishmaydi. Ushbu B vitamini soch salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Soch uchun foydali bo‘lgan boshqa oziq moddalar oqsil, rux, temir, C va A vitaminlari ham bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot
Agar soch erkaklik gormoni darajasining ko‘payishi tufayli siyraklashsa, ushbu muammoni bartaraf etishda tabiiy mahsulotlar yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”
Nima uchun sochlar to‘kiladi?
Ko‘pincha erkaklarda ham, ayollarda ham sochlar androgenlar ta’sirida siyraklasha boshlaydi. Buning asosiy aybdori digidrotestosteron (DGT) deb ataladigan gormondir. Organizm tabiiy ravishda bu moddani 5-alfa reduktaza fermenti yordamida testosterondan ishlab chiqaradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez bilan to‘xtatish testosteron DGT ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi va shu bilan sochlarni to‘kilishidan himoya qiladi.
Quyidagi tabiiy mahsulotlar soch to‘kilishining oldini oladi:
Ko‘k choy
Ko‘k choy dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biridir. Choy butasining barglari ko‘k choy ishlab chiqarish uchun bug‘langanligi sababli, ichimlik o‘zining foydali tabiiy birikmalarini ko‘proq saqlaydi. Ular orasida vazn yo‘qotish, yurak va miya salomatligini yaxshilashga yordam beradigan epigallokatexin gallat (EGCG) bor. Yaxshi xabar shundaki, bu foydali birikma soch follikulalarini DGT ning zararli ta’siridan ham himoya qiladi.
Kokos yog‘i
Kokos yog‘i oshxonada ham, kosmetikada ham keng qo‘llaniladi. U triglitseridlardan yog‘ning yuqori foizini o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati laurik kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar bu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishni to‘xtatishini isbotladi.
Piyoz
Piyoz o‘zining achchiqligi va ta’mi uchun ko‘plab taomlarda faol ishlatiladi. Uning kaloriyasi past, ammo kvarsetin kabi antioksidantlarning yuqori tarkibiga ega. Kvarsetin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish va oksidlovchi stressni kamaytirish orqali testosteron DGT ishlab chiqarishni bartaraf etadi.
Zarchava
Zarchava — taomlarda keng qo‘llaniladigan ushbu ziravor parhez qo‘shimchasi sifatida ham mashhur. Olimlar zarchava yallig‘lanishni kamaytirish, artrit og‘rig‘ini kamaytirish, qondagi xolesterin darajasini me’yorlashtirish va jismoniy mashqlardan tiklanishga yordam berishda ajoyib mahsulot ekanini isbotladi.
Zarchavaning sog‘liq uchun foydalari kurkuminoid oilasining faol birikmasi bo‘lgan kurkumindan kelib chiqadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kurkumin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish orqali DGT darajasini pasaytiradi.
Qovoq urug‘lari
Qovoq — kuzning haqiqiy ramzi, kechki ovqat va sabzavotli sho‘rvalarga qo‘shiladi. Qovoq tarkibida temir, rux, magniy va antioksidantlarga boy yuzlab sog‘lom urug‘lar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi.
Olti oylik tadqiqot davomida peshonasida soch to‘kilishi yuzaga kelgan 76 nafar erkak o‘rganildi. Kuniga 400 mg qovoq urug‘i yog‘i qo‘shimchasini qabul qilganlarda soch o‘sishi tezlashdi. Biroq guruhlar o‘rtasida soch qalinligida sezilarli farqlar kuzatilmadi.
Maxsus fermentning to‘xtatishi testosteron digidrotestosteron ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, ya’ni soch o‘sishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Tadqiqot ishtirokchilari qabul qilgan qo‘shimchada boshqa faol moddalar ham bor bo‘lib, shuning uchun olimlar buning hammasi qovoq urug‘i yog‘i tufaylimi yoki yo‘qligini to‘liq ishonch bilan ayta olmaydi.
Loviya
Loviya (edamame) — ko‘pincha garnir yoki gazak sifatida iste’mol qilinadi. Oqsil va kletchatkaga boy bo‘lishidan tashqari, loviya izoflavonlarga, DGT darajasini pasaytiradigan foydali o‘simlik birikmalariga boy. Olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, loviyani ratsionga kiritish soch o‘sishini rag‘batlantiradi.
Soch to‘kilishini yana qanday davolash mumkin?
Sochlar turli sabablarga ko‘ra to‘kilishi mumkin va DGT darajasining oshishi bor-yo‘g‘i sabablardan biri xolos. Agar soch me’yoridan ortiq to‘kilishi kuzatilsa, trixolog bilan bog‘lanib, tekshiruvlardan o‘tish lozim.
Natijalarga qarab, shifokor qon tomirlarini kengaytirish yoki 5-alfa reduktazani to‘xtatish uchun preparatlar buyurishi mumkin. Shifokor retseptisiz dori-darmonlar qabul qilish mumkin emas, ular nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Soch ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli siyraklashsa, vitaminlar yordam beradi. Misol uchun, Shveysariyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, soch to‘kilishidan aziyat chekadigan ayollarning 38 foizida biotin yetishmaydi. Sochga mos keladigan boshqa oziq moddalar oqsil, rux, temir va C va A vitaminlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot
Sochlar organizmda gormon o‘zgarishi natijasida siyraklashishi yoki to‘kilishi mumkin. Bunday vaziyatda quyidagi mahsulotlar iste’molini ko‘paytirish tavsiya etiladi.
Foto: “Domashniy ochag”
Ko‘pincha erkak va ayollarning sochi androgenlar ta’sirida siyraklashadi. Buning sababchisi digidrotestosteron(DGT)deb nomlangan gormondir. Tana 5-alfa-reduktaza dermenti yordamida testesterondan ushbu moddani ishlab chiqaradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez orqali to‘xtatish testesterondan DGT gormonini ishlab chiqarishni kamaytiradi va shu bilan sochlar to‘kilishining oldi olinadi.
Oshxonada socharni himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan 6 ta mahsulot mavjud:
Ko‘k choy dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda esa uning qovurilgan varianti – qora choy ichiladi.
Choy butasi barglari ko‘k choy hosil bo‘lishi uchun bug‘lanadi. Shu sababli choy o‘zida foydali va tabiiy birikmalarni saqlaydi. Shuningdek, choy tarkibida vazn yo‘qotish, sog‘liq va miya faoliyatini yaxshilaydigan epigallokatexina mavjud. Ushbu foydali birikma soch tuxumdonlarini DGTning zararli ta’siridan himoya qiladi.
Kokos yog‘idan qandolatchilik va kosmetologiyada unumli foydalaniladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda triglitserid yog‘i mavjud. Ularning asosiy qismi laurin kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar buni faqat hayvonlarda tajriba qilib ko‘rdi va ushbu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishini to‘xtatishiga amin bo‘ldi. Tajribalar davom etguniga qadar kokos yog‘i iste’molini ratsionga kiritish tavsiya etiladi.
Piyoz mahsuloti barcha taomlarga maza berish uchun qo‘shiladi. Uning kaloriyasi kam bo‘lsa-da, ammo kvarsetin kabi antioksidantlarga boy. Kalamushlar ustida o‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra, ushbu mahsulotda ham DGT ishlab chiqarishni to‘xtatish imkoniyati mavjud.
Zarchava ziravori nafaqat taomlarga qo‘shimcha maza berishda, balki boshqa maqsadlarda ham iste’mol qilinadi. Olimlar zarchavani yallig‘lanishni kamaytirish, artrit, qonda xolesterin miqdorini me’yorlashtirish hamda jismoniy mashqlardan keyin holatni qayta tiklashga yordam berishini isbotladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zarchava DGT miqdorini kamaytirib, 5-alfa-reduktaza fermentini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Ammo olimlar insonlar ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘ladimi yoki yo‘qligi ustida hamon izlanish olib bormoqda.
Qovoq urug‘lari
Qovoq – oltin kuz ramzi. Uning tarkibida temir, sink, magniy va antioksidantlarga boy bo‘lgan yuzlab urug‘lar mavjud. Ma’lumotlarga qaraganda, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi. Yarim yillik izlanishlar natijasida peshonasida sochi to‘kilgan 76 yoshli kishi asosi qovoq yog‘i bo‘lgan qo‘shimcha oziq-ovqatlar bilan oziqlandi va natija boshqalarnikiga qaraganda ancha sezilarli, sochlar qalinligi deyarli bir xil bo‘lsa ham, ammo o‘sishida farq qilgan.
Lekin tadqiqot ishtirokchisi boshqa qo‘shimcha moddalar ham qabul qilganligi tufayli natija faqat qovoq urug‘ moyiga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilinmagan.
Yashil no‘xat
Yashil no‘xatdan ko‘pincha salat yoki yaxna yeguliklarda foydalaniladi. No‘xat nafaqat oqsil va biriktiruvchi to‘qimalar, balki DGT miqdorini kamaytiradigan foydali birikmalarga ham boy. Ushbu mahsulotni ratsionga kiritish va undan muntazam iste’mol qilish ichki organizmlar orqali tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi.
Qiziqarli malumotlar
Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot