Soch o’stirish — sirlari, yo’llari, maslahatlar, uy sharoitidagi muolajalar, niqoblar.
Buning uchun tabiiy moylarni ishlating. Moy yordamida bosh terisini massaj qilish terining salomatligini yaxshilaydi va soch o’sishini rag’batlantiradi. Bosh terisi massaji paytida kokos yoki zaytun moyi, jojoba va argan moyidan foydalanishingiz mumkin. Shunga qaramay, iliq soch massaji soch o’sishi tezligini oshirishini isbotlovchi ilmiy dalillar yo’q. Haftada bir yoki ikki marta soch follikulalarini rag’batlantirish va soch o’sishini tezlashtirish uchun soch niqobi qo’llang. Siz o’zingiz tabiiy moylardan niqob tayyorlashingiz mumkin yoki do’konda tayyorlarini xarid qilishingiz mumkin. 1 chashka kokos moyini 1 osh qoshiq bodom moyi, makadamiya va jojoba moyi bilan aralashtiring. Niqobni nam sochlarga qo’llang va o’n daqiqaga qoldiring. Keyin shampun yordamida sochlaringizni odatdagidek yuving. Kanakunjut moyi teri va sochni parvarish qilish uchun foydali xususiyatlari bilan mashhur. Kanakunjut moyi asosidagi niqoblar sochlarni sog’lom holga keltiradi va ularning o’sishini tezlashtiradi. Olma sirkasi — sochlarni turli soch vositalari, yog’ va kirdan tozalash uchun juda samarali vositadir. Siz shampunning alternativ vositasi sifatida olma sirkasini qo’llashingiz mumkin. Bundan tashqari, sochlaringizni shampun bilan bilan yuvganingizdan keyin olma sirkasi bilan chayishingiz mumkin. Ikki stakan suvga ikki osh qoshiq sirka qo’shish kerak. Hosil bo’lgan aralashma bilan sochlarni chaying. Sirka hidini his qilsangiz ham, vaqt o’tishi bilan u g’oyib bo’ladi. Sochingizni shampun bilan haftasiga ikki yoki uch marta yuving, bundan ko’p emas. Buning natijasida bosh terisining tabiiy yog’lari me’yorda bo’ladi va soch ildizlarini oziqlantirib turadi, sochlarni yetarlicha namlantiradi, ularni tiklashga yordam beradi. Dush qabul qilganingizdan so’ng, soch kutikulalarini yopish uchun sochlarini sovuq suv bilan chayib tashlang, bu bilan siz shunigdek sochlarga qo’shimcha jilov va kuch bag’ishlaysiz. Sochingizni shampun bilan yuvishda juda issiq suv ishlatmang. Issiq suv sochlarga zarar etkazishi mumkin, suning uchun suv biroz iliq bo’lishi kerak. Ehtimol, dushdan chiqayotib sochlaringizni sochiq bilan o’rashga odat qilgan bo’lgandirsiz, lekin bu ularning holatiga yaxshi ta’sir qilmaydi, ular sinuvchan bo’lib qoladi. Nam sochlar juda nozik bo’ladi. Sochni dushdan keyin o’rash o’rniga, ularni faqat quruq salfetka bilan biroz suvsizlantiring. Agar siz baribir sochlarni sochiq bilan o’rashni istasangiz, nozik va yumshoq sochiqdan foydalaning. Bunday sochiqlar nozik materialdan tayyorlanganligi tufayli sochlaringiz sindirmaydi. Biroq, me’yorni saqlang. Tez-tez tarash sochlarning to’kilishiga olib kelishi mumkin. Bunday holda uzun va jilvakor sochlarni o’stirish juda qiyin bo’ladi. Yotishdan oldin tabiiy tishli taroqlardan foydalaning. Bu esa yog’larni sochlarning butun yuzasiga tekis tarqatishiga yordam beradi, shunda ular qurib qolmaydi. Sochni bosh terisidan tarashni boshlang va har bir tolasini tarang. Buni kuniga bir marta yotishdan oldin qiling. Ushbu buolaja qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa sizning sochingiz uchun juda muhimdir. Garchi bu hali tasdiqlanmagan bo’lsa-da, aslida, sochlarning muntazam tarash ularning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, shuningdek, sochlarning sog’lig’ini yaxshilaydi. Issiq bilan shakl berish asboblari, masalan, fen, soch dazmoli, bigudi sochlarga katta zarar yetkazadi va ularning o’sishini sekinlashtiradi. Soch o’stirish istagi bo’lsa, iloji boricha ushbu vositalardan foydalanishni cheklang. Agar siz bunday qila olmasangiz, ulardan faqat oxirgi chora sifatida foydalaning. Sochingiz sog’lom bo’lishini istasangiz, tabiiylik uchun harakat qiling. Issiqlik bilan shakl beruvchi asboblardan foydalansangiz, ularni past harorat rejimida ishlating. Bundan tashqari sochga zarar yetkazmaslik uchun himoya geli yoki kremdan foydalanishingiz mumkin. Bu mantiqsiz tuyulishi mumkin bo’lsa-da, muntazam soch kesish ularning tez o’sishiga yordam beradi. Shunday qilib, sochingiz sog’lom va go’zal bo’lishini istasangiz, muntazam ravishda sartaroshga tashrif buyuring. Agar siz sochlarni muntazam ravishda kesib tursangiz, sochlarning «gullashini» oldini olgan ham bo’lasiz. Sochning gullashi sochlarning juda mo’rt bo’lib qolishiga olib keladi va ular qisqarib qoladi. Har 10-12 haftada bir marta sochlaringizni kesib turing. 3 mm kessangiz yetadi. Buning natijasida siz sochni gullashini oldini olasiz. Sochingizni sog’lom saqlash uchun sartaroshga tashriflarni to’g’ri rejalashtiring. Oziq-ovqat bilan yetarli vitaminlar qabul qilmasangiz, soch o’sishi uchun vitamin komplekslarini tanlang. Multivitamin tanlayotganda «Sochlar uchun» belgisiga e’tibor bering. Bu shuni ko’rsatadiki, vitaminlar sochni mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sochni mustahkamlash uchun asosiy vitaminlar C va B vitaminlari hisoblanadi. Bu qo’shimchalar soch o’sishini tezlashtiradi va ularni sog’lom va go’zal qiladi. Har qanday qo’shimchalar olishdan oldin siz uchun to’g’ri miqdorni tanlaydigan shifokor bilan maslahatlashing. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda qabul qilayotgan dorilar haqida shifokorga xabar bering. Shifokor siz qabul qilayotgan dori-darmonlar bilan o’zaro ta’sir ko’rsatadigan vitamin kompleksini buyuradi. Yetarlicha oqsillarni qabul qilish soch o’sishini rag’batlantiradi va soch o’stirish uchun buni inobatga olish kerak. Bundan tashqari, soch to’kilishi muammosiga duch kelgan bo’lsangiz, oqsilli ovqatlar iste’mol qilish juda foydali bo’ladi. Sizning parhezingiz muvozanatli bo’lishiga e’tibor bering. O’z ratsioningizga go’sht, baliq, dukkaklilar, yong’oqlar va donli mahsulotlarni kiriting. Agar siz vegetarian bo’lsangiz, ko’proq soya, loviya, yong’oq va donlilar iste’mol qiling. To’g’ri oqsil manbalarini tanlang. Ushbu oziq-ovqatlarni iste’mol qilish boshqa sog’liq muammolariga olib kelishi mumkinligi sababli yog’li qayta ishlangan go’sht yoki sut mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlang. Sizning ratsioningizda sog’lom uglevodlar, kletchatkalar va boshqa foydali moddalar, masalan, mevalar, sabzavotlar va donlilar yetarli miqdorda ekaniga e’tibor bering. Ushbu usulda siz boshingizni yurak balandligidan pastroq tushirishingiz kerak, shu bilan bosh terisi yaxshi qon oqimi bilan ta’minlanadi. Ushbu harakat bilan siz soch o’sishni rag’batlantirasiz. Ushbu usulni qo’llagan ba’zi odamlar, sochlarning bir haftada 0,5 sm dan 1 smgacha o’sganligini aytishadi, afsuski, inversiya usuli yordamida soch o’sitirish mumkinligini tasdiqlaydigan yoki tasdiqlamaydigan ilmiy dalillar yo’q, lekin siz o’zingizni sinab ko’rishingiz va natijani baholashingiz mumkin.Soch o’stirish — sirlari, yo’llari, maslahatlar, uy sharoitidagi muolajalar, niqoblar.
DO`STLARGA ULASHING:
Soch uchun muolajalar
Moy bilan bosh terisini massaj qiling
Soch uchun niqoblar qiling
Kanakunjut moyidan foydalaning
Sochni chayish uchun olma sirkasidan foydalaning
Sochlarni to’g’ri parvarish qilish
Sochlarni me’yorda yuving
Sochni sovuqroq suv bilan chayib tashlang
Nam sochlarni sochiq bilan o’ramang
Uxlashdan oldin sochlaringizni tarang
Sochlarga shakl berish uchun issiqdan foydalanmang
Sochlarni muntazam ravishda kesib turing
Ovqat ratsioni va odatlarni o’zgartirish
Vitaminlar va minerallarga e’tibor qarating
Ovqat ratsioniga ko’proq oqsillar qo’shing
Inversiya usuli yordamida soch o’stirsh uchun harakat qiling
maslahatlar, niqoblar., Soch o’stirish — sirlari, uy sharoitidagi muolajalar, yo’llari