SOATOV Talʼat Soatovich haqida to’liq ma’lumot oling

SOATOV Talʼat Soatovich haqida to’liq ma’lumot oling

SOATOV Talʼat Soatovich (1940L5.2, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1996). Biologiya fanlari d-ri (1974), prof. (1984). ToshTIni tugatgan (1962). Oʻzbekiston Oʻlka tibbiyot in-tida aspirant (1962—65), kichik ilmiy xodim (196667), Oʻzbekiston FA Biokimyo intida katta ilmiy xodim (1967 — 75), lab. mudiri (1975-y. dan), direktor (1979-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari qalqonsimon bez proteinlari, membrana lipidlari biokimyosi, shuningdek, liposomalar, ularning hujayra bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishga oid. Soatov qalqonsimon bez tarkibidan yod saklovchi tireoglobulin va tireoalbumin oqsillarini sof hodda ajratib oldi, ularning tarkibi, fizikkimyoviy xossalarini oʻrgandi, buqoq paydo boʻlishining genetik nosozliklar b-n bogʻlikligi haqidagi gipotezani ilgari surdi, organizmning insulinga sezgirligini aniklash usulini ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

As: Yodproteinы щitovidnoy jelezы (v soavtorstve), T., 1974; Siklicheskiye nukleotidы i regulyatsiya kletochnogo metabolizma (v soavtorstve), T., 1983; Biosintez va funksionalnaya rol lipoproteidov krovi (v soavtorstve), T., 1987.

Malumotlar
SOATOV Talʼat Soatovich