SOAT MINTAQALARI VA VAQT HISOBI
SOAT MINTAQALARI VA VAQT HISOBI
/ Boshqa mavzular / От
DO`STLARGA ULASHING:
SOAT MINTAQALARI VA VAQT HISOBI
Yer o’zi o’qi atrofida g’arbdan sharqqa aylanar ekan, bir sutkada to’liq aylanib chiqadi. Quyosh yer yuzasini ketma-ket yoritib turadi. Turli geografik uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo’jalik yuritishishlarida, transport tizimi faoliyatida, umuman
barcha sohalarda, noqulaylik tug’diradi. Bunday noqulayliklarning oldini olish uchun 1870 yilda Kanada temir yo’l injeneri Sanford Fleming dunyo bo’yicha yagona soat mintaqalarini ta’sis etishni taklf qilgan. Bu taklif dastlab, 1883 yilda AQSh va Kanadada, keyinchalik,1884 — yilda 26 davlat vakillari ishtirokida o’tkazilgan Xalqaro konferenstiyada qabul qilindi.
O’zbekiston hududi 4 — va 5 — soat mintaqalarida joylashgan. Uzoq yillar
Respublikamiz hududida Toshkent vaqti va Samarqand vaqti ajratilar edi.
Bu juda ko’p noqulayliklarga olib kelgan edi. Mustaqillik yillarida Respublika hukumatining maxsus qarori bilan butun O’zbekiston hududi 4 — soat mintaqa vaqtiga o’tkazildi. Xalqaro kelishuvga binoan yer yuzasi meridianlar bo’ylab shartli ravishda 24 soat mintaqasiga bo’lingan (har bir soat mintaqasida 15°bor).
Mintaqa doirasida shu mintaqaning o’rtasidan o’tgan meridian vaqti qabul
qilingan. Bir soat mintaqasi doirasidagi vaqt mintaqa vaqti deyiladi. O’rtasidan Grenvich meridiani o’tgan soat mintaqasini nolinchi yoki 24- soat mintaqasi deb qabul qilindi va mintaqalar vaqti hisobi ana shu mintaqadan boshlanadi. Nolinchi mintaqadan sharqda 7°30′ shq.u. va 22°30′ shq.u. meridianlar o’rtasi birinchi mintaqa, 22°30′ va 37°30′ shq.u. o’rtasida ikkinchi mintaqa, shundan so’ng uchinchi, to’rtinchi va hokazo 24-soat mintaqasigacha davom etadi.
Soat mintaqa vaqti joriy qilingandan so’ng qaysi soat mintaqasini yangi
sutkaning boshlanishi kerak degan muhim masala chiqib qoldi. Shartli ravishda sutka 12-mintaqada uning o’rta meridianidan boshlanadi deb kelishildi. Bu meridian 1800 uzunlikdadir. Biroq, meridian ba’zi joylarda orollarni kesib o’tadi.
Bunday joylarda kartaga meridiandan chetga chiqadigan chiziq chizildi. Bu chiziq qutbdan qutbgacha sana o’zgarish chizig’i deyiladi. Yer sharida har bir sutkaning boshlanishi shu chiziqdan hisoblanadi. Sana o’zgarish chizig’i chegarasi Ratmanov va Kruzenshtern orollari o’rtasidan o’tgan (Tinch okeanida).
SOAT MINTAQALARI VA VAQT HISOBI