SOʻZANA
SOʻZANA (fors. — igna bilan tikilgan) — mashina yoki qoʻlda matoga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, shoyi, baxmal kabi sidirgʻa matolarga turli choklar (bosma, yoʻrma, popop)da kashta tikiladi. Kashta zamini sifatida mato rangi Soʻzana koloritini hosil qilishda muhim rol oʻynashi bilan palaksan farq qiladi. Naqsh mujassamoti markaziy maydon (aylana gul va b.) va hoshiya (takrorlanuvchi 1—2 naqsh boʻlagi)dan tuzilgan toʻrtburchak, murabba shaklga ega boʻlib, asosan, oʻsimliksimon (baʼzan tasvirli, syujetli) naqshgullardan iborat. Naksh mujassamotining asosiy chiziklari axta yordamida matoga tushiriladi. Soʻzananing badiiyligi, nafosati chevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa, zardoʻzlikdz. tayyorlanadigan Soʻzanalar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. S, odatda, xonani bezatish uchun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning oʻrni ustiga yopiladi).
Ensiklopediya.uz
SOʻZANA