SOʻZ TURKUMLARI

SOʻZ TURKUMLARI

SOʻZ TURKUMLARI — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda «soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari» deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmagan Soʻz turkumlari Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, taslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.

Ensiklopediya.uz
SOʻZ TURKUMLARI