SOʻZ BIRIKMASI

SOʻZ BIRIKMASI

SOʻZ BIRIKMASI — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borlikdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va b. Har qanday Sb. birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va 2 qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism).

Ensiklopediya.uz
SOʻZ BIRIKMASI