SOʻROQ GAP

SOʻROQ GAP

SOʻROQ GAP — gaplarning kuzatilgan maqsadga koʻra turlaridan biri; soʻzlovchining biror nomaʼlum va noaniq narsahodisani bilish uchun tinglovchiga murojaatini ifodalovchi, soʻroq mazmunli ran. Asosiy xususiyati (vazifasi)ga koʻra Soʻroq gaplar 2 turli boʻladi: sof Soʻroq gaplar va ritorik Soʻroq gap lar. Sof Soʻroq gap tinglovchidan javob talab qiladi (Olimjonni kachondan beri bilasiz?). Ritorik Soʻroq gap oʻzida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gapdir (Shunday goʻzal vatan bormi dunyoda? Bolani kim sevmaydi?). Baʼzi Soʻroq gap larda soʻroq mazmuni bilan birga shubha, hayrattaajjub, buyruq maʼnolari xam sezilib turadi (Yopiray, shu ishni sen bajardingmi? Tezroq bormaysizmi? — Tezroq boring).

Ensiklopediya.uz
SOʻROQ GAP