SOʻM

SOʻM

SOʻM — 1) eng qadimgi atamalardan biri boʻlib, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida «S» pul solingan qopcha (xalta) maʼnosida qoʻllanilgan. 14-a. da Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi boʻlib, muayyan ogʻirlikdagi kumush quyma (yombi) ni ifodalagan. 1920y. larda, OʻzSSR tashkil etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nominalida ittifoqdosh respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan «soʻm» nomi yozilgan holda chiqarilgan rubl Oʻzbekiston hududida muomalada «S» deb atalgan.

Ensiklopediya.uz
SOʻM