SOʻLAK

SOʻLAK

SOʻLAKsoʻlak bezlarilan ishlanib chiqadigan tiniq yopishqoq suyuklik (sekret). Soʻlak yeyilgan ovqatni namlab ovqat luqmasi hosil boʻlishiga imkon beradi. Odam sulagi 99% suv va unda erigan organik hamda anorganik moddalardan iborat. Katga odamlarda bir kechakunduzda 1,5 l gacha Soʻlak ajraladi. S tarkibida mikroorganizmlar, leykotsitlar, fermentlardan amilaza, lizotsim, oqsillardan albumin, globulin, shuningdek, xolesterin, glyukoza va vitaminlar bor. Ovkat xili, organizmning fiziologik holati, kishi yoshiga qarab Soʻlak sifati va mikdori oʻzgaradi. Soʻlak ogʻiz boʻshligʻiga tushgan bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ham ega.

Ensiklopediya.uz
SOʻLAK