SOʻGAL
SOʻGAL — terining virusli kasalligi. Koʻpincha yosh bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Kasallik bemor bilan yaqin muloqotda boʻlganda, uyroʻzgʻor buyumlari orqali yuqadi. Teridagi mayda jarohatlar (shilinish, chaqalanish), koʻp terlash va b. ham Soʻgalga sabab boʻlishi mumkin. Oddiy, yassi va oyoq kaftlarida uchraydigan Soʻgallar bor. Odsiy Soʻgal koʻpi bilan nыxat kattaligida, ogʻriqsiz, gʻadirbudur tuguncha boʻlib, koʻpincha qoʻl panjasida uchraydi. Baʼzan tugunchalar koʻpayib, kattalashib ketadi. Oyoq kaftidagi Soʻgal oyoqning poyabzal qisadigan joylarida, ayniqsa, koʻp terlaydigan oyokda juda qattiq, gʻadirbudur, kulrang tugunchalar shaklida paydo boʻladi. Bolalar va oʻsmirlarda uchraydigan yassi Soʻgal koʻpincha yuz, boʻyin va qoʻl panjasining ustki qismida och pushti sargʻimtir, dumaloq yoki yapaloq tugunchalar koʻrinishida vujudga keladi. Keksalarda uchraydigan Soʻgal tana, boʻyin va yuzda kulrang, jigarrang yoki qoramtir, usti yogʻ bilan qoplangan dogʻlar koʻrinishida boʻlib, oddiy Soʻgalga oʻxshaydi. Oyogʻi terlaydigan kishilarda Soʻgal usti oqarib qoladi, shilinib ogʻrib, yurish qiyinlashadi. Umuman Soʻgal ogʻrimaydi, qichishib achishmaydi va bemorni bezovta qilmaydi.
Ensiklopediya.uz
SOʻGAL