SOʻFI OLLOYOR MASJIDI

SOʻFI OLLOYOR MASJIDI

SOʻFI OLLOYOR MASJIDIDenov (Surxondaryo)dagi meʼmoriy yodgorlik (1713). Soʻfi Olloyor nomi bilan bogʻliq. Umumiy tarhi (14,0×16,2 m), xonaqoh (11,1×9,7 m), ikki tomonlama ayvon hamda qoʻshimcha xonalardan iborat. Devori sinchli paxsadan, tomi toʻsinli. Shim. sharqiy tarziga mehrobsimon ravoklar, tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan. Xonaqoxdagi mehrob ravogʻi ancha chuqur, 2 tomonidagi 4 ravoqqa boʻrtma chiziklar qilingan. Bunday bezaklar jan. gʻarbiy ayvon devorlarida ham bor. Ayvondagi 7 ustun, xonaqohdagi 6 ustun (L. I. Rempel ustunlardan birida qurilgan yili qayd etilganini aniqlagan) oʻyma va rangli naqshlar bilan bezatilgan. Ustun va deraza panjaralari qayta taʼmirlangan. 1977-y. Z. A. Arshavskaya tomonidan oʻrganilgan.

Ensiklopediya.uz
SOʻFI OLLOYOR MASJIDI