SOʻROVNOMA

SOʻROVNOMA

SOʻROVNOMA, anketa — 1) ishga qabul qilishda toʻldiriladigan rasmiy hujjat. Oʻzbekistondagi ayrim tashkilotlarda kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi bilan bir qatorda Soʻrovnoma shaklidan ham foydalaniladi. Undagi savollar, baʼzi qoʻshimchalarni hisobga olmaganda, shaxsiy xodimning shaxsiy hujjatlaridagi yozuvlarga aynan muvofiq kelishi kerak. Soʻrovnomada ishga kiruvchi (toʻldiruvchi)ning imzosidan tashqari kadrlar bilan shugʻullanuvchi (hujjatni tekshirib oluvchi)ning ham imzosi boʻladi;

Ensiklopediya.uz
SOʻROVNOMA