Snup sprey — burun yo’llariga sepiladigan vosita

Snup sprey — burun yo’llariga sepiladigan vosita
snup sprey burun yollariga sepiladigan vosita 65cb2d638a69b

photo 2020 10 19 23 04 46

Snup sprey — burun yo’llariga sepiladigan vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Snup sprey — burun yo’llariga sepiladigan vosita

0,05 % li doza — 2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ☝️

?Snup sprey — 0,1 % li dozada .
6 yosh va undan kattalar uchun.

#Snup sprey
#Снуп спрей

?Dori shakli : Burunga sepish uchun ( sprey).

?Tarkibi : Ksilometazolin gidroxlorid

?Qo’llanilishi

— O’tkir respirator kasalliklarda , ya’ni rinitda ( nasmork).
— O’tkir allergik rinit
— Pollinoz
— Sinusit
— Yevstaxitda
— Burun xalqum shilliq qavati shishlarida
— Burun yo’llarini bitib qolganda ochish sifatida

?Qabul qilish usuli va dozasi

2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda sutkasiga 1 — 3 martagacha burun yo’liga sepiladi ( 0,05 % li dozaligini )

6 yosh va undan kattalarga sutkasiga 2 — 3 marta gacha
( 0,1 % li dozaligini ).

Preparatni sutkasiga 3 martadan ko’p qo’llamang.

?Nojo’ya ta’siri

— Angionevrotik shish
— Allergik reaksiya ( qichishish)
— Bosh og’rig’i , uyqusizlik
— Depressiya
— Qon bosimi oshishi , taxikardiya
— Ko»ngil aynish
— Burun yo’llari ning qurishi

?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Taxikardiyada
— Qon bosimi baland yuradigan insonlarda mumkinmas.
— Ateroskleroz holatlarida
— Glaukomada ( qon ichki bosimi oshganda).
— Atrofik rinitda
— Gipertireozda
— Miya xirurgik aralashuvlari vaqtida
— Burun shilliq qavati yallig’langanda
— Homiladorlik davrida

? ESLATMA : Preparatni 2 yoshdan 5 yoshgacha (0,05 %)va 6 yosh va undan kattalar uchun ( 0,1 %) foydalaniladigan dozalarda chiqariladi.

@Farmakologiya_TTA

Snup sprey — burun yo’llariga sepiladigan vosita