SNELL

SNELL

SNELL (Snell) Jorj Deyvis (1903. 19.12) — amerikalik biolog va immunogenetik. Dartmut kolleji va Garvard untida oʻqigan. Garvard un-ti, Dartmut kolleji, Texase, SentLuisdagi Vashington un-ti, BarXarbordagi Jekson lab. da ishlagan. Ilmiy faoliyati sut emizuvchilar irsiyati, koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya)ning irsiy qonuniyatlariga oid. Snell hujayra sirtida joylashgan va immun reaksiyalarning boshk. aradigan genetik strukturalarni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1980 , B. Benaserraf va J. Dosse bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
SNELL