Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz
👁 Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz Foydali layfxak: yangi qurilma xarid qilib o‘tirmay — smartfonni kompyuter uchun veb-kameraga aylantirish mumkin. Bu noutbuk bilan birga keluvchi veb-kamera kuchsizroq, uning yonida esa eski va keraksiz Android bo‘lgan taqdirda foyda berishi mumkin. Buning amalga oshirilish tartibi: 1️⃣. DroidCam (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dev47apps.droidcam) ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz. Asosiy ma’lumot keltirilgan ekran paydo bo‘ladi va kamera avtomatik ravishda faollashadi: siz veb-kameraning lokal tarmoqdagi manzilini ko‘rasiz. MUHIM: kompyuter ham, telefon ham bitta tarmoqqa ulangan bo‘lishi lozim. 2️⃣. Endi kompyuterga rasmiy saytdan (https://www.dev47apps.com/droidcam/windows/) DroidCam Client ilovasini yuklab olamiz va o‘rnatamiz. 3️⃣. Ilovani ishga tushiramiz va telefonda ko‘rsatilgan IP-manzilni ko‘rsatamiz. Agarda nafaqat video, balki ovozni ham uzatish lozim bo‘lsa. xohishga ko‘ra “Audio” bandini belgilab ketishingiz mumkin. “Start” tugmasini bosing. Ulanish muvaffaqiyatli amalga oshganidan so‘ng kompyuterda telefon kamerasidagi tasvir paydo bo‘ladi. Ushbu oynani pastga tushirib, veb-kamera qo‘llanishi kerak bo‘lgan istalgan dasturni ochishingiz mumkin. Agarda muammo yuzaga kelsa, dastur sozlamalariga o‘ting va asosiy kamera sifatida DroidCam’ni tanlang.Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz
DO`STLARGA ULASHING:
Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz