Smartfonni tezlashtirishning 4 usuli
Smartfonni tezlashtirishning 4 usuli
DO`STLARGA ULASHING:
Telefon protsessori va xotirasi sabab smartfoningiz ertami-kechmi sekin ishlay boshlaydi. Qotib-qotib ishlayotgan telefon tutishni istamasangiz uni quyidagi usullardan foydalanib o‘z holiga qaytarishingiz mumkin. Buning uchun:
• 1-usul: Ortiqcha dasturlarni o‘chirib tashlash
Qurilma ko‘pincha xotirasi to‘lib ketgani sabab qotib qoladi. Xotirani bo‘shatishni boshlasangiz, u avvalgi holatiga qaytishi mumkin. Buning uchun siz telefondagi ortiqcha, ishlatilmaydigan dasturlarni o‘chirib tashlashingiz zarur. Smartfon “Sozlamalar”iga kirib, “Ilovalar” degan bo‘limini oching. So‘ng keraksiz ilovalar ichiga kirib “O‘chirish” tugmasini bosgancha ularni o‘chirib tashlang. Ba’zida telefondagi og‘ir dasturlarni o‘chirish orqali qurilmaning ishlash tezligi ortadi. Telefoningizning xotirasini imkon qadar tezroq va ko‘proq bo‘shatishga harakat qiling.
• 2-usul: “Tirik oboy”lardan voz keching
Telefonga o‘rnatiluvchi “tirik oboy”larning ayrimlari gadjetni tormozlashi mumkin. Ayniqsa, telefon eski modelda bo‘lsa. Keraksiz oboylardan qutulish uchun siz yana o‘sha “Sozlamalar” bo‘limining “Ilovalar” bo‘limiga kirasiz. U yerda ayni vaqtda gadjetingizda ishlab turgan ilovalar ro‘yxatiga ko‘zingiz tushadi. Ular qatoridan “animirovanniye oboi” deb yozilgan oboylar ilovasini topib, uni o‘chirib yuborishingiz kerak. Yoki bo‘lmasa, bunday oboylardan qutulishning yana bir usuli ham bor. “Sozlamalar” bo‘limining “Ishlab chiqaruvchilar uchun” bo‘limiga kirib, “Ishlab turgan ilovalar” bo‘limiga kirish kerak bo‘ladi. Ular qatoridan yana o‘sha “animirovanniye oboi” ilovasining ichiga kirib, “To‘xtatish” tugmasini bosishingiz mumkin. Bu telefoningizda faol holda ishlab turgan ilovani nofaol holatga keltiradi. Shundan so‘ng smartfoningizni bir o‘chirib-yoqishni unutmang.
• 3-usul: Tizimdagi chiqidlarni tozalash
Vaqt o‘tgani sayin telefon tizimida kerakli narsalar – to‘xtatilgan yoki o‘chirib tashlangan ilovalar, keraksiz fayl kabilar yig‘ila boradi. Ular sekin-asta qurilmaning xotirasini “yeb”, uning ishlashini sekinlashtiradi. Ulardan qutulish uchun maxsus dasturlardan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi. “Qurilma dispetcheri” yoki “O‘tkazgich” (provodnik) deb ataluvchi qurilma paneli keshni tozalab, keraksiz fayllarni o‘chiradi. Fon rejimida ishlayotgan dasturlarni yopib tashlaydi. Bunday tozalovchi dasturlarni (Clean Master, CCleaner) Google Play’dan ham yuklab olishingiz mumkin. Ilovalarni yuklab olishga internet trafigingiz kamlik qilsa, ularni o‘zingiz mustaqil o‘chirishingiz ham mumkin. Buning uchun “Sozlamalar”ning “Xotira” bo‘limiga kirib, “Xotirani tozalash” tugmasini toping. Uni faollashtirgach, qurilma xotirasi ortiqcha fayl va keshlardan tozalanadi.
• 4-usul: Qayta tiklash
Agar yuqorida keltirilgan usullar yordam bermasa, telefonni qayta tiklashingizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun sizga dastur ta’minoti Android uchun iMyFone Fixppo kerak bo‘ladi.
• Qurilmadagi ma’lumotlarni nusxalab olish kerak.
• Android uchun iMyFone Fixppo’ni yuklab, kompyuteringizga sozlab oling.
• Dasturni faollashtirib, gadjetingizdagi “Qayta tiklashni yuklash” (Zagruzit proshivku) tugmasini bosing.
• Shundan so‘ng telefoningizni sim yordamida kompyuterga ulang.
• iMyFone Fixppo o‘zi avtomatik ravishda qurilmangizni topadi va o‘zi qayta tiklashni amalga oshiraveradi.
• Jarayon nihoyasiga yetgach, “Tayyor” tugmasi bosiladi va qurilma o‘chirib-yoqiladi.Qayta tiklash murakkab jarayon hisoblanadi. Bu ishni o‘zingiz mustaqil bajara olmasligingiz ham mumkin. Maxsus servis markaziga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi. Aks holda qo‘lingizdagi telefon ichi bo‘m-bo‘sh g‘ishtga aylanib qoladi.
Smartfonni tezlashtirishning 4 usuli