Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi haqida to’liq ma’lumot oling

Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi haqida to’liq ma’lumot oling

Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi 📱📶 🖥

Smartfonda Wi-Fi ulanish nuqtasini yaratib, unga keyinchalik noutbuk yoki Wi-Fi modulli ShK’ni ulashimiz mumkinligi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Ko‘pincha bu usul noutbuk uchun internet tarqatishda foydali sanaladi.

Foydalanuvchilar smartfonda maxsus yaratilgan ulanish nuqtasi – noutbukdagi mavjud ulanish nuqtalari ro‘yxatida ko‘rinmasligi vaziyatiga duch kelishlari mumkin. Ko‘pincha bu noutbukdagi Wi-Fi moduli faqat 2,4 GGs chastotasida ishlashi, zamonaviy smartfonlar esa 5 GGs chastotasida ishlashi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun smartfondagi ulanish nuqtasini sozlash lozim. Bunda amalga oshiriladigan harakatlar quyidagicha:

1️⃣. Android uchun sozlamalarda Точка доступа Wi-Fi’ni topish va Настройка точки доступа’ga o‘tish lozim. Предпочтительная частота bo‘limida 2,4 GGs chastotasini tanlang.

2️⃣. iOS uchun Настройки -> Режим модема ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Максимальная совместимость funksiyasini faollashtiring.

📝 Manba: @pcTeapot

Malumotlar
Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi