Smartfondagi «cho‘ntak rejimi» nima va nima uchun kerak?

Smartfondagi «cho‘ntak rejimi» nima va nima uchun kerak?
smartfondagi chontak rejimi nima va nima uchun kerak 65caf72277872

photo 2021 02 02 22 33 22

Smartfondagi «cho‘ntak rejimi» nima va nima uchun kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfondagi «cho‘ntak rejimi» nima va nima uchun kerak?

Cho‘ntak yoki sumkangizda bo‘lgan smartfon ekrani o‘z-o‘zidan bosilib ketishi muammosi sizga tanishmi?
Gap shundaki, smartfonning sensorli ekrani nafaqat barmoqlar teginishiga javob qaytaradi. Cho‘ntak yoki sumkangizda bo‘lgan smartfon bexosdan kimgadir qo‘ng‘iroq qilishi va hatto parollangan ekran blokini qayta-qayta ochishga urinishi ham mumkin. Foydalanuvchini ushbu noxush holatlardan xalos qilish uchun cho‘ntak rejimi kerak bo‘ladi.

Cho‘ntak rejimi qanday ishlaydi?
Cho‘ntak rejimining ishlashi yaqinlik datchikiga (https://t.me/gsmgurus_FAQ/540) bog‘liq. Ushbu kichik detal odatda old kameraning yonida joylashgan. Datchik oldida biron bir to‘sqinlik qiladigan narsa paydo bo‘lganda (qo‘l, quloq, shim matosi va h.k.z), ekran bloklanadi va o‘chadi. Ushbu funksiya nafaqat smartfonni cho‘ntagingizga solganingizda, balki qo‘ng‘iroq qilganingizda ham ishlaydi.

Agar yaqinlik datchiki muammosiz ishlayotgan bo‘lsa, cho‘ntak rejimi ham xatosiz ishlaydi. Datchikni tekshirish oson — qo‘ng‘iroq paytida yoki ovozli xabarni tinglash paytida uni yoping. Agar ekran o‘chib qolsa, unda datchik to‘g‘ri ishlamoqda.

Agar telefonda ba’zida hech qanday sababsiz «Ekranning yuqori qismini yopmang» yoki «Naushnik maydonini yopmang» (Ne zakrivayte verxnyuyu chast ekrana yoki Ne zakrivayte oblast dinamika) yozuvi paydo bo‘lsa, ekran o‘chib qolsa yoki aksincha, o‘z vaqtida bloklanmasa, yaqinlik datchikini tekshirish kerak bo‘ladi (cho‘ntak rejimini o‘chirib qo‘yish ham muammoni hal qiladi).

Yaqinlik datchiki nafaqat ekranni, balki barmoq izi skaneri va yoqish/o‘chirish tugmasini ham bloklaydi. Agar tugma cho‘ntagingizda tasodifan bosilsa, smartfon blokdan ochilmaydi va ekranda cho‘ntak rejimi yoqilganligi haqidagi ma’lumotni ko‘rsatadi.

Ba’zi smartfon modellarida, masalan, Huawei da, cho‘ntak rejimi telefon cho‘ntagingizda ekanligida qo‘ng‘iroq ovozini balandroq ko‘taradi.

Ushbu rejimni, smartfoningiz sozlamalariga kirib yuqori qidiruv qismida «cho‘ntak» yoki «karman» (tizim tilidan kelib chiqib) kalit so‘zini yozish orqali topishingiz mumkin.

Smartfondagi «cho‘ntak rejimi» nima va nima uchun kerak?