Smartfonda parvoz rejimi (samolyot rejimi) nima?
Smartfonda parvoz rejimi (samolyot rejimi) nima?
DO`STLARGA ULASHING:
Smartfonda parvoz rejimi (samolyot rejimi) nima?
Smartfoningiz tarmoq sozlamalari va boshqaruv panelida, samolyot belgisi yoki «parvoz rejimi» (rejim poleta) deb nomlangan yozuvga ko‘zingiz tushganmi? U qanday ishlaydi? Qaysi vaziyatda kerak va nima foydasi bor?
Samolyot rejimi nima?
Samolyot rejimi deyarli barcha smartfonlarda mavjud bo‘lgan sozlamadir. Faollashtirilganda simsiz tarmoqning barcha turlari (qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish, internetga kirish, Wi-Fi va Bluetooth) o‘chiriladi va holat satrida maxsus belgi paydo bo‘ladi. Ammo tarmoqqa ulanishni talab qilmaydigan barcha boshqa funksiyalardan (musiqa tinglash, kitob o‘qish yoki video ko‘rish va h.k.z) foydalanish mumkin bo‘ladi.
Samolyot rejimini to‘liq o‘chirmasdan, Wi-Fi va Bluetooth funksiyalaridan foydalanish ham mumkin.Bu rejim nima uchun kerak?
Dastlab, samolyot rejimi, bortdagi yo‘lovchilar samolyotning ko‘plab sensorlari va elektronikasiga xalaqit bermasligi uchun ishlab chiqilgan edi. Biroq, havo transportidan foydalanmaganda ham ushbu rejim ko‘p afzalliklarga ega:Smartfonni qayta ishga tushirish o‘rniga
Mobil aloqada yoki Wi-Fi ulanishda biron bir muammoga duch kelsangiz, smartfonni o‘chirib-yoqish orqali tarmoqni qayta ishga tushirish yechim bo‘lishi mumkin. Ammo bu ma’lum vaqtni talab qiladi va kutishni istamasangiz, samolyot rejimini yoqib-o‘chirish kifoya. Shuningdek ba’zi mobil operatorlar, internet paket xarid qilgandan so‘ng, smartfonni o‘chirib yoqishni talab qilishadi (asosiy hisobingizdan pul yechilmasligi uchun). Ushbu holatda ham samolyot rejimidan foydalanishingiz mumkin.
• Nima uchun telefonni qayta ishga tushirish (perezagruzka) umumiy muammolarni hal qiladi?(https://t.me/gsmgurus_FAQ/653)Hech kim bezovta qilmasligi uchun
Turli xil vaziyatlarda (ishda, o‘qishda, majlisda) qo‘ng‘iroqlardan himoya qilishning samarali usuli. Ayniqsa uyqu vaqtida, smartfondan budilnik sifatida foydalanganda, uni to‘liq o‘chirmasdan faqat samolyot rejimini faollashtirish mumkin.
• Smartfondagi «Bezovta qilinmasin» (Ne bespokoit) rejimi nima va u nima uchun kerak (https://t.me/gsmgurus_FAQ/636)?Smartfonni bolalarga o‘ynashga berganda
Bolalarni ovutish uchun ko‘pincha smartfonni qo‘liga tutqazib qo‘yishadi. Natijasi esa, tasodifan kontaktlarga qilingan ketma-ket qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlar bo‘lib chiqadi. Ushbu vaziyatda samolyot rejimi xavfsizlikni ta’minlashi mumkin. Shuningdek smartfonda tarmoq yoki internet mavjud bo‘lmaganda, ilova va o‘yinlar turli xil reklamalarni ham ko‘rsatmaydi.Mobil aloqa signali (antenna) barqaror bo‘lmaganda batareya quvvatini tejash
Tarmoq signali qanchalik yomon bo‘lsa, batareya shuncha tezroq sarflanadi. Buning sababi, qurilma uzatgichi (radioblok) tarmoqqa ulanishni amalga oshirish uchun yuqori zo‘riqish bilan ishlashga majbur. Shu sababli mobil aloqa signali zaif bo‘lgan joylarda (metro, tunnel) samolyot rejimidan foydalanish, smartfon batareya quvvatini tejashga yordam beradi.Savol: Smartfoningizda samolyot rejimidan foydalanasizmi va qaysi vaziyatlarda?
Smartfonda parvoz rejimi (samolyot rejimi) nima?