Smartfon ekranini kompyuterda ko’rish va boshqarish

Smartfon ekranini kompyuterda ko’rish va boshqarish
smartfon ekranini kompyuterda korish va boshqarish 65caf73730d98

cca853428e67a9e3b6e9e

Smartfon ekranini kompyuterda ko’rish va boshqarish

DO`STLARGA ULASHING:

Nega kerak o’zi?

Masalan telefoningizda o’yin o’ynamoqchisiz, uni ekrani kichikroq. Shunda telefonni ekrani kompyuterimiz monitorida ko’rib o’ynamoqchimisiz?

Android developer bo’lsangiz va emulator ishlatish imkoni bo’lmasa, telefoningizni ulab ishlatmoqchisiz-u lekin har safar telefonni qo’lga olaverish yoqmayaptimi. Xuddi emulator ishlatgandek sichqoncha bilan boshqarmoqchisiz?

Shunday holatlarda juda qulay bo’ladi.

Mana endi ishga kirishamiz

1-qadam:

Mana bu orqali scrcpy dasturini yuklab oling:

https://github.com/Genymobile/scrcpy/releases/down…

2-qadam:

Yuklab olgan faylingizni zip’dan chiqaring

3-qadam:

Zipdan chiqarib olgan papkangizni C:Program Filesscrcpy ga joylang

Umuman olganda istalgan papkaga joylashingiz mumkin, lekin dasturlar shu yerda turgani ma’qul

4-qadam:

Endi shu papkadagi scrcpy.exe fayliga ярлык yaratib oling va uni Рабочый стол’ga ko’chirib qo’ying.

5-qadam:

Telefoningizni kompyuterga USB orqali ulang va 4-qadamda yaratgan ярлык ni bosib scrcpy dasturini ishga tushiring. Kompyuteringiz va USB kabelingizga qarab dastur 3-4 soniyalarda ishga tushishi mumkin.

Bonus

Agar menga o’xshab cool programmer bo’lib scrcpyni terminaldan yoki Windowsda Win+R bilan ishga tushirmoqchi bo’lsangiz scrcpy papkasini «Системные переменные»dagi Pathga qo’shish kerak. Buning uchun:

  1. scrcpy turgan papkani manzilini (Копировать)ctrl+c qilib oling.
  2. Системные переменные(System environment variables) ga kiring.
  3. Системные переменные(pastki qismdagi) ro’yxatdan Pathni tanlang.
  4. 1-qadamda ctrl+c qilib olgan manzilimizni Pathga qo’shing.

Mana endi terminaldan yoki Win+R bilan scrcpyni ishga tushurish mumkin

Manba: www.Texnoman.uz

Smartfon ekranini kompyuterda ko’rish va boshqarish