Smak salati tayyorlash resepti — bosqichma-bosqich

Smak salati tayyorlash resepti — bosqichma-bosqich

Smak salati tayyorlash resepti — bosqichma-bosqich

DO`STLARGA ULASHING:

“Smak” salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa emas. Aksariyati har doim sovutgichda bo’ladi. Shunga qaramay, salat juda mazali sanaladi. Uni mayonez, smetana yoki zaytun moyi bilan to’ldirish mumkin.

SMAK SALATI TAYYORLASH RESEPTI
Kerakli masalliqlar:

70-80 g qattiq pishloq;
3-4 ta o’rtacha kattalikdagi pomidor;
2 dona sarimsoq;
1/2 shingil shivit;
100 g suxariklar;
Ta’bga ko’ra tuz, murch;
To’ldirish uchun mayonez yoki smetana.
Tayyorlanishi:

Pishloq suxariklar kabi kattalikda kubik qilib kesiladi. Pomidorlar rasmdagidek qilib to’g’rab olinadi.

Smak salati tayyorlash resepti - bosqichma-bosqich + foto, tavsiyalar
Smak salati tayyorlash resepti — bosqichma-bosqich + foto, tavsiyalar

Idishga pishloq va pomidor solinadi.
Shivit mayda qilib to’g’raladi, sarimsoq eziladi va ular qolgan masalliqlar turgan idishga solinadi.
Ta’bga ko’ra tuz va murch qo’shiladi. So’ng mayonez yoki smetana qo’shib, barchasi aralashtiriladi.
Dasturxonga tortishdan oldin suxariklar qo’shiladi, aks holda ular yumshab qolib, salatning ta’mi va konsistentsiyasini buzadi.

Smak salati tayyorlash resepti — bosqichma-bosqich