Slovak Respublikasi
Slovak Respublikasi Slovakiya (Slovensko), Slovak Respublikasi (Slovenská republika) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 49 ming km². Aholisi 6,81 mln. kishi (2018). Maʼmuriy jihatdan 8 oʻlkaga boʻlinadi. Poytaxti – Bratislava shahri. Slovakiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 yil 1 sentabrda qabul qilingan (1999 yil tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi – prezident (2014 yildan Andrej Kiska), u umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament – Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.Slovak Respublikasi
DO`STLARGA ULASHING:
Slovenská republika
Slovak Respublikasi