SKLODOVSKAYA-KYURI

SKLODOVSKAYA-KYURI

SKLODOVSKAYA-KYURI (SklodowskaCurie) Mariya (1867.7.11, Varshava — 1934.4.7, Sanselmo, Parij yaqinidagi So sh. da dafn etilgan) — fransuz va polyak fizigi va kimyogari. Radioaktivlik haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. Parij tibbiyot akademiyasi aʼzosi (1922-y. dan). Polyak oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Parij un-tini tugatgan (1894). 1895-y. da P. Kyurip turmushga chiqqan va Industrial fizika va kimyo maktabidagi uning lab. sida ishlagan. 1897-y. dan P. Kyuri bilan birgalikda A. K. Bekkerel ochgan (1896) uran tuzlarining nurlanishi ustida tadkiqotlar olib borgan va bu hodisaga «radioaktivlik» deb nom bergan. P. Kyuri bilan birgalikda poloniy va radiyni ochgan (1898). U radiyning metall namunasini olgan (1910; fransuz kimyogari A. Debyern bilan hamkorlikda) va uning xossasini oʻrgangan. Radioaktivlikning oʻlchash usullarini ishlab chiqqan. Uning bevosita ishtirokida Parij radiy inti va Varshava radiy in-ti tashkil etilgan (1914). 1923-y. dan Sklodovskaya-Kyuri uning faxriy direktori. Sklodovskaya-Kyuri 2-marta Nobel mukofoti laureati (1903, fizika boʻyicha, P. Kyuri va A. Bekkerel bilan xamkorlikda; 1911, kimyo boʻyicha).

Ensiklopediya.uz
SKLODOVSKAYA-KYURI