SKLEROTINIOZLAR

SKLEROTINIOZLAR

SKLEROTINIOZLAR, sklerotsiyali chirish — oʻsimliklarning zamburugʻli kasalligi. Sclerotinia graminearum zamburugʻi qoʻzgʻatadigan kungaboqar, sabzi, bodring, sarimsoq, karam (ayniqsa, saqlash davrida) oq chirishi, kuzgi gʻalla ekinlari S. i. katta zarar keltiradi. Zamburugʻ sporalari kuzgi yosh nihollar barglariga tushib, barg ogʻizchalari orqali toʻqimalariga kiradi va sporalar hosil qiladi. Bahorda 1—6 mm kattaliqda qora qattiq yumaloq yostiqchalar — sklerotsiylar paydo boʻladi. S. roefsii zamburugʻi qoʻzgʻatadigan janub S. i yeryongʻoq, tamaki, kartoshka va b. ni zararlaydi. Gʻoʻzada kasallikni S. gossypii Jacr. zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Kasallangan koʻsakdagi tolaning texnologik sifati buziladi.

Ensiklopediya.uz
SKLEROTINIOZLAR