SKLEROTINIOZLAR haqida to’liq ma’lumot oling

SKLEROTINIOZLAR haqida to’liq ma’lumot oling

SKLEROTINIOZLAR, sklerotsiyali chirish — oʻsimliklarning zamburugʻli kasalligi. Sclerotinia graminearum zamburugʻi qoʻzgʻatadigan kungaboqar, sabzi, bodring, sarimsoq, karam (ayniqsa, saqlash davrida) oq chirishi, kuzgi gʻalla ekinlari S. i. katta zarar keltiradi. Zamburugʻ sporalari kuzgi yosh nihollar barglariga tushib, barg ogʻizchalari orqali toʻqimalariga kiradi va sporalar hosil qiladi. Bahorda 1—6 mm kattaliqda qora qattiq yumaloq yostiqchalar — sklerotsiylar paydo boʻladi. S. roefsii zamburugʻi qoʻzgʻatadigan janub S. i yeryongʻoq, tamaki, kartoshka va b. ni zararlaydi. Gʻoʻzada kasallikni S. gossypii Jacr. zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Kasallangan koʻsakdagi tolaning texnologik sifati buziladi.

Kurash choralari: oʻsimliklarning yotib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, kech kuzda sugʻormaslik. Kuzgi ekinlar ekiladigan maydonlar chuqur shudgor qilinadi, begona oʻtlar yoʻqotiladi, urugʻlik ekishdan oldin dorilanadi, pomidor va bodring ekilgan maydonlarda rovral, ronilan yoki sumileksni boʻr yoki ohak bilan aralashtirib qoʻllash (changitish, purkash) tavsiya etiladi.

Malumotlar
SKLEROTINIOZLAR