SKLERODERMIYA
SKLERODERMIYA (sklero… va derma) — terining qotib qolishidan iborat kasallik. Kollagen kasalliklar guruhiga xos. Sklerodermiyaning cheklangan (oʻchokli), diffuz (tarqalgan), sistemali turlari bor. Oʻchoqli Sklerodermiya pilakcha shaklida, yoʻl-yoʻl va yuzaki boʻlishi mumkin. Pilakcha shaklli Sklerodermiyada terining turli joyida qizgʻish, dumaloq yoki uzunchoq dogʻlar yuzaga keladi. Keyinchalik ular qotib, teri sargʻimtir tusga kiradi va undagi tuklar toʻkilib ketadi. Bu davrda bemor hech qanday ogʻriq sezmaydi. Bir necha oy yoki yildan soʻng terining qotgan joyi atrofiyalanadi. Yoʻl-yoʻl Sklerodermiyada yuz va qoʻloyoq terisi zararlanadi. Koʻproq bolalarda uchraydi. Yuzaki Sklerodermiya ayollarda koʻp kuzatiladi, bunda koʻkrak, orqa va jinsiy aʼzolar terisida mayda, qattiq, koʻkishoq dogʻlar paydo boʻlib, keyin teri yuzaki atrofiyaga uchraydi. Tarqalgan Sklerodermiyada yuz, qoʻloyoq, tana va b. terisi shishib, qattiqlashadi, atrofiyalanadi. Bemorning yuzi mumdek qotib turadi, barmoklari qarakatlanmaydi, Sistem al i S. (sistemali avj oluvchi skleroz)da organizmning barcha biriktiruvchi toʻqimalari va mayda tomirlarda sklerotik oʻzgarishlar yuz beradi. Sklerodermiyaga teztez sovqotish, jismoniy, ruhiy shikastlanish va b. sabab boʻladi. Organizm biriktiruvchi toʻqimalari mikrotsirkulyatsiyasi va funksiyasiningoʻzgarishi kasallikning avj olishiga imkon beradi. Kasallik sekinasta, qoʻloyoq tomirlarining spazmi (tortishishi), umumiy harakatning cheklanishi, boʻgʻimlarning ogʻrishi va terining zararlanishi bilan boshlanadi. Kasallik oraliq toʻqima va ichki aʼzolar tomirlariga oʻtganda, oʻpka, yurak va h. k. faoliyati buziladi.
Ensiklopediya.uz
SKLERODERMIYA