SKIN-EFFEKT

SKIN-EFFEKT

SKIN-EFFEKT (ing. skin teri, qobiq va effekt) (sirtiy effekt) — oʻzgaruvchan tok va u bilan bogʻliq boʻlgan elektromagnit toʻlkinlarning muhit ichiga kirgan sari soʻna borishi. Buning natijasida, mas, oʻzgaruvchan tok oʻtkazgichning koʻndalang kesimi boʻyicha yoki magnit oqimi magnit oʻtkazgichning koʻndalang kesimi boʻyicha bir tekis taqsimlanmaydi. Yetarlicha yuqori chastotalarda tok, asosan, oʻtkazgichning yupka sirtki qatlami (skinqatlami)da oqadi va amalda uning chuqur qatlamlari (ichi) da boʻlmaydi. Oʻtkazgich kancha yoʻgon va oʻzgaruvchan tok chastotasi kancha yuqori boʻlsa, taqsimlash shuncha keskin farq qiladi. Elektromagnit toʻlqinning amplitudasi ye marta kamayadigan masofa kirish chukurligi yoki skinqatlam deyiladi.

Ensiklopediya.uz
SKIN-EFFEKT