SKIL haqida to’liq ma’lumot oling

SKIL haqida to’liq ma’lumot oling

SKIL (yun. Skyles) — skiflar podshosi (mil. av. 5-a.). Gerodotning yozishicha, Skil skiflar podshosi Ariapeyt (Ariapif) va Istropol sh. dan boʻlgan yunon qizining farzandi boʻlgan. Onasi Skilga yunon tili va yozuvidan taʼlim bergan. S. Olviya sh. da katta uy soldirgan, unda barcha narsalarda ellinlarga taklid qilib, ellincha yashagan va ellinlar udumi boʻyicha maʼbudlarga qurbonlik qilgan. Bundan xabar topgan skiflar Skilga qarshi isyon koʻtargan. U Frakiya podshosi Sitalk huzuriga qochib borgan. Skiflar va frakiyaliklar oʻrtasidagi urush davrida Skil birodari Oktamasadga topshirilgan va qatl etilgan.

Malumotlar
SKIL