SKERSO
SKERSO (ital. scherzo — hazil) — dastlab (16 — 17-a. larda) hazil matnlarga yozilgan vokal xamda oʻynoqi xarakterli cholgʻu pyesalar nomi (mas, K. Monteverdening «Scherzi tnusicale», 1607). Keyinchalik cholgʻu syuita (I. S. Bax klavir partitalari) hamda sonatasimfonik turkumi (Y. Gaydn, L. Betxoven asarlari)ning tarkibiy qismi. Skersoga 3 hissali oʻlchov, jadal surʼat, karamaqarshi (koʻpincha, oʻynoqi, hajviy yoki hazil) obrazlarning keskin almashinuvi xos. 19—20-a. larda S mustaqil asar sifatida (F. Shopen, R. Shuman, I. Brams, P. Chaykovskiylarning fortepiano S. lari, P. Dyukaning «Sexrgar shogirdi», I. Stravinskiyning «Fantastik Skerso»si kabi orkestr S. lari) ham keng rivoj topdi. A. Brukner, G. Maler, D. Shostakovich simfoniyalari dramaturgiyasida Skerso qismlari alohida ahamiyatga ega.
Ensiklopediya.uz
SKERSO