SKELET

SKELET

SKELET (lot. skeletos — qurib qolgan) — odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki Skelet rivojlangan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy Skelet — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki Skelet gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak Skelet mezodermada hosil boʻladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki togʻay S. mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan. Umurtkalilarning ichki Si juda murakkab tuzilgan boʻlib, bosh, tana, oʻq Skelet (xorda yoki umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar) va oyoklar Sidan iborat. Toʻgarak ogʻizlilar va togʻayli baliklarning togay Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar Si voyaga yetgan davrida, asosan, suyaklardan tashkil topadi. Togʻayli baliklarda ichki togay Skelet bilan birga plakoid tangachalardan iborat tashqi Skelet ham boʻladi. Suyakli baliklar va quruk^likda yashovchi umurtqalilar tanasining oddingi kismi va boshidagi tangachalar bosh qutisi (kalla suyagi) va yelka kamari suyaklari bilan birikib ketadi. Tangachalar qoldigʻi oyoqsiz amfibiyalar tanasida va qorin qovurgʻalar shaklida gatteriyalar va timsohlarda saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda suyak tangachalar, yaʼni plastinkalar ikkilamchi holda timsohlar va ayrim kaltakesaklarda paydo boʻladi; toshbakalar va sovutlilarda esa tashqi suyak sovut hosil boʻlgan. Toshbaqalar sovuti (kosasi) umurtqa pogʻonasi va qovurgʻalar bilan qoʻshilib ketadi. Skelet suyaklari va togʻaylar oʻzaro harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz birikishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
SKELET