SKADAR KOʻLI
SKADAR KOʻLI, Shkoder — Bolqon ya. o. dagi eng katta koʻl. Mayd. 356—398 km2 (mavsum boʻyicha oʻzgaradi). Eng chuqur joyi 44 m. S. k. dan Buna daryosi oqib chiqib, Adriatika dengiziga quyiladi. Kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Koʻlning jan. sharqiy sohilida Shkoder sh. (Albaniya) joylashgan.
Ensiklopediya.uz
SKADAR KOʻLI