Siz bilgan va bilmagan uyqu qoidalari
Biz “Osuda uyqu uchun 4 qadam” nomli maqolamizda tunda miriqib uxlash uchun foydali 4 uyqu qoidalari haqida yozgan edik. Bugun esa ushbu masalaga yanada to’liqroq qaytmoqchimiz. Kunduzi qisqa muddat uxlab olish tetiklanib olish va boshdagi “kompyuterni” qayta yuklashning eng yaxshi usulidir. Biroq “qisqa” deyilgan bu vaqt o’zi qancha bo’lmog’i lozim? 10-20 daqiqa Tetik va bardam bo’lishning klassik usuli. Bu vaqt davomida chuqur uyquga ketmaysiz, shunday ekan uyg’onish ham qiyin kechmaydi. 30 daqiqa Bu juda yomon tanlov! 30 daqiqalik uyqudan so’ng o’zingizni horg’in va layoqatsiz sezishingiz mumkin. 60 daqiqa 1 soatlik uyqu miyani charchoqlardan holi qilib barcha yangi ma’lumotlar va bilimlarni “omborga” joylashga yordam beradi. Agar tuni bilan imtihonga tayyorlangan bo’lsangiz, sinovlar oldidan 1 soat mizg’ib olishni tavsiya etamiz. 90 daqiqa Kunduzgi uyquning to’liq davri – siz sekin va tezkor uyqu fazasini bosib o’tishga ulgurasiz. Uyg’ongach sezilarli darajada tetiklashasiz, miya faoliyati bir qancha yaxshilanadi, tiniq va tez firklaysiz. 9-11 soatlik uyqu 6-12 yoshli bolaning darslarni yaxshi o’zlashtirishi va sog’lom ulg’ayishi uchun kundalik zaruriy norma xisoblanadi. 14-17 yoshli farzandlaringizga kunlik 8-10 soat uyqu yetarli. Katta yoshdagilarga esa kunlik norma 7-9 soatni tashkil etadi. Aslo bundan kam emas! “Insonga kuniga 4 soat uyqu ham yetarli, yetishmayotgan qismini dam olish kunlari to’ldirib olsa ham bo’ladi” qabilidagi fikrlar hammasi bekor. daraja harorat yotoqxona uchun ideal harorat xisoblanadi. Bundan ortig’i ortiqcha. Inson uyquga ketgach 4 soat ichida tana harorati eng past darajaga tushadi va bu holat miriqib uxlab, yaxshi orom olish imkonini beradi. Agar xona harorati issiq bo’ladigan bo’lsa bunday oromdan bebahra qolishingiz aniq.Siz bilgan va bilmagan uyqu qoidalari
DO`STLARGA ULASHING:

Yana boshqa uyqu qoidalari
Ota-onalar uchun ko’rsatma!
18+
Siz bilgan va bilmagan uyqu qoidalari