SIYOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR

SIYOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR

SIYOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR — fuqarolarniig asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan bir guruhi (fukarolik, shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy huquq va erkinliklar kabilar bilan bir qatorda). Siyosiy huquq va erkinliklar va e. fukarolarga mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida qatnashish imkonini beradi. Bu huquq va erkinliklar jamiyat va davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi, qonunlarga muvofiq, jamoat birlashmalariga uyushish, mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar oʻtkazish, axborot erkinligi, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, ariza, taklif va shikoyatlar berish orqali davlat organlari, muassasalar yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi kabilarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston fuqarolarining Siyosiy huquq va erkinliklar h va e. i Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (8bob), «Fuqarolarning saylov huquklari kafolatlari toʻgʻrisida» (1994-y. 5 may). «Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida» [1991-y. 18 noyab. (2001-y. 30 avg. da yangi tahrirda) qabul qilingan], «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida» (1996-y. 26 dek.), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida» [1991-y. 14 iyun (1998-y. 1-mayda yangi tahrirda) qabul qilingan], «Kasaba uyushmalari, ularning huquklari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida» (1992-y. 2 iyul), «Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida» (1991-y. 15 fev.) kabi bir qancha qonunlar va qonun kuchiga ega boʻlgan hujjatlar bilan belgilab qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
SIYOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR