Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?

Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?

Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?

DO`STLARGA ULASHING:

–  Yoshim 20 da. Erkak kishida siydik yo‘lidan qon kelishi nimaning belgisi?

Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog:

–  Siydikda qon ko‘z bilan ko‘rilishi va bunda siydik yo‘lida xech qanday og‘riq va bezovtalik bo‘lmasligi jiddiy belgi, ya’ni o‘sma kasalliklari va sil belgisi bo‘lishi mumkin.

Yana siydik yo‘llarida tosh bo‘lganda ham siydikda qon paydo bo‘ladi va tosh joylashishiga qarab siydik rangi qon bilan turli darajada bo‘yalgan bo‘ladi.

Ba’zan siydikda qon siyish achishish bilan kechadi. Siydikda qon bo‘lsa Urolog doktorga murojaat qilish kerak. Siydik tahlili va qovuqni UTT qilish kerak. Siydikni bakterial tekshirish uchun ekish mumkin. Lekin natijasini kutib o‘tirmasdan empirik davo, ya’ni sinov davosini boshlash kerak bo‘ladi. Chunki bu holda qovuqni qon ketish bilan kechadigan o‘tkir yallig‘lanishi boshlangan bo‘lishi mumkin. Bunda yallig‘lanish qovuq bo‘ynida ko‘proq bo‘ladi va siyganda siydik qon ketishi sababli qizil rangga kiradi. Siydik ektirish natijasi chiqqanda tahlil natijasiga qarab turib lozim topilsa antibiotikni almashtirishingiz mumkin.

Bir qator tekshiruvlarni tavsiya qilardim. Prostata bezi, urug‘ pufagini UTT qilish kerak. Siydikni sitologiya uchun topshirish kerak. Qolaversa uretro-sistoskopiya qilish orqali qovuq va siydik yo‘lida qandaydir o‘zgarishlar bor yo‘qligi ham aniqlab olinadi.

Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?
Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?

–  Yoshim 24 da. Bir necha kun avval siyganimdan keyin unitazda qon izlarini ko‘rdim. Bunda faqat siygandim xolos. Shundan keyin yana 2-3 marta shunday holat takrorlandi. Bu safar ichim kelganda qon siydik yo‘lidan keldi. Urolog doktorga bordim. Qon, siydik tahlili norma. UTT da qovuq, buyraklar ham norma. Urolog siyish vaqtida qandaydir mayda qon tomirlari yorilgandir dedi. Menga davo kursi yozib berdi Kanefron va biseptol tabletkalari. Qon chiqqaniga hali xam ko‘nglim tinchimadi. Diagnozim yanada ishonchli bo‘lishi uchun yana qandaydir tahlil qilish kerakmi ?

Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog:

–  Siydikda qon ko‘z bilan ko‘rilishi va bunda siydik yo‘lida hech qanday og‘riq va bezovtalik bo‘lmasligi jiddiy belgi, ya’ni o‘sma kasalliklari va sil belgisi bo‘lishi mumkin.
Bir qator qo‘shimcha tekshirishlarni tavsiya qilardim. Qon ich kelgan vaqtida paydo bo‘lgani uchun prostata bezi, urug‘ pufagini UTT qilish kerak. Siydikni sitologiya uchun topshirish kerak. Qolaversa uretro-sistoskopiya orqali qovuq va siydik yo‘lida qandaydir o‘zgarishlar bor yo‘qligi ham aniq bo‘ladi.

Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?