SIYDIK YOʻLI
SIYDIK YOʻLI, ureter, siydikni buyrak jomidan qovuqqa oʻtkazuvchi juft naysimon organ. Qorin boʻshligʻining orqa devorida, umurtqa pogʻonasining ikki tomoni boʻylab joylashgan. Uz. 25— 30 sm, diametri 1,5 — 13 mm. Tashqi devori biriktiruvchi toʻqimali, oʻrtasi silliq muskulli va ichkisi shilliq parda qavatdan iborat. Silliq muskullar siydikning qovuqqa oʻtishida qatnashadi.
Ensiklopediya.uz
SIYDIK YOʻLI