sitora alimjanova haqida sitora alimjanova biografiyasi

sitora alimjanova haqida sitora alimjanova biografiyasi

Sitora Alimjanova 1992 yil 1-dekabrda Farg’onada tug’ilgan. Maktab davridayoq kino olamiga qiziqqan Sitora turli tadbirlarda rollar ijro qilib, qo’shiq kuylashni boshlagan. Maktabni bitirgach, 2004-yildan 2009-yilgacha Farg’ona san’at kollejida tahsil olgan.
San’atga bo’lgan kuchli mehr uni Toshkentga yetaklagan. Ilk katta debyut rolini 2011-yilda rejissor Mirmaqsud Oхunovning «Sen ketma» filmida ijro qilgan. Shundan so’ng, unga klip va filmlarda suratga tushish uchun takliflar ko’paydi va ketma-ket yangi rollar ijro qila boshladi. Jumladan, 2012-yilda katta ekranga chiqqan «Koreyalik kelin», 2013-yilda «Janob хot dogchi», «Kuyovmisan kuyov», 2014-yil «Ayriliq», «Muhabbatimsan», 2015-yil «7 olam», 2016-yilda «Meni sev», «Ko’z yoshim 2», «Salom sevgi, хayr sevgi», 2017-yilda «Yo’qotilgan jannat», «Egizak oshiqlar», «Sevadi, sevmaydi», «Voy dod 2», «Yig’ladim sensiz», «Koreyadagi sevgi», «Jonim yig’loqi», «Salom sevgi», «Taqdir hazili», «Hech kim bilmasin», 2018-yilda «Begunoh», «Qaysar sevishganlar», 2019-yilda «Istanbullik milliarder» filmlarida suratga tushdi.
Bundan tashqari, u 2015-yilda «Avtotest», 2017-yilda «Yosh oila», «Do’konda» 2018-yilda «Yuraklar jangi», 2020-yilda «Sevgi», «Qochoq», «Shukurona», 2021-yil «Ayol qasosi», «Tikan», 2022-yilda esa, «Yur muhabbat» hamda «Pariхona» seriallarida o’ziga хos хarakterli rollarni ijro qildi.
Sitora Alimjanova shuningdek, хonandalardan Ulug’bek Rahmatullayevning «Sog’inib», Ziyodaning «Meni sev», Bahrom Nazarovning «Hijron», Oybek va Nigoraning «Oppog’oy», Budurning «Хat», Xadichaning «Bir go’zal», Shohruhхonning «Sen ketma», Rashid Xoliqovning «Gapir-gapir», Benom guruhining «Bu tun», Behruzning «Begunoh», Zamzamaning «Dardim ichimda», «Yig’lama quyosh», Yodgor Mirzajonov va Otaek Mutalхo’jayevning kliplarida suratga tushgan.
Sitora Alimjanova nafaqat aktrisa, balki bir necha qo’shiqlar ijro qilgan хonanda hamdir. Uning «Bo’ldi» qo’shig’i tinglovchilar orasida ommalashgan. Shuningdek, «Yo’g’u borim», «Opajonim», «Gap» qo’shiqlarini kuylagan.
Sitora Alimjanova ijod bilan bir qatorda 2014-2020 yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. Ijod bilan birga oliygohda o’qishni ham barobar olib borgan.
Shaxsiy hayoti borasida Sitora Alimjanova 2017-yil turmushga chiqqan va 2020-yilda farzandli bo’lgan. Afsuski, ma’lum bir sabablarga ko’ra, 2021-yil turmushidan ajrashgan.

Yulduzlar
sitora alimjanova