SITOKIMYO haqida to’liq ma’lumot oling

SITOKIMYO haqida to’liq ma’lumot oling

SITOKIMYO (sito… va kimyo) — sitologiyaning boʻlimi, hujayra tuzilmalarining kimyoviy tarkibi, hujayrada kimyoviy birikmalarning sintezlanishi, taqsimlanishi va faolligini, xujayra funksiyasiga karab ularning oʻzgarishini oʻrganadi. Sitokimyo sohasidagi tadqiqotlar 19-a. ning oʻrtalaridan 20-a. oʻrtalarigacha ayniqsa jadal rivojlangan. Sitokimyo tadqiqotlari hujayra tarkibiy qismlarining muayyan boʻyoqlar bilan boʻyalishi va, aksincha, boshqa boʻyoqlar taʼsir qilmasligiga asoslangan. Nuklein kislotalarining irsiyatdagi ahamiyatini tushuntirib berilishi, oqsil molekulalari mikdoriy oʻzgarishlarining hujayra funksional faolligiga bogʻliqligi aniqlanishi, hujayra siklini oʻrganish Sitokimyoning eng katta yutukdaridir. Immunotsitokimyo, elektron mikroskopik sitokimyo S. ning eng istikbolli sohalari hisoblanadi. Toʻqima strukturalarini Sitokimyo metodi yordamida oʻrganish gistokimyo deyiladi.

Malumotlar
SITOKIMYO