Sistit muolajasi homila uchun zararli emasmi? haqida to’liq ma’lumot oling
❓Sistit muolajasi homila uchun zararli emasmi?
✍️ Shifokor Laylo Baxtiyorova:
🌱 Bu vaziyatda, avvalo, mustaqil tarzda davolanishga kirishmang. Har qanday muolaja faqat shifokor tomonidan bajariladi.
☘️ Sistit kasalligini o‘z vaqtida davolashning muhimligi shundaki, uning asoratlari jinsiy a’zolarni zararlantirib, tug‘uruqqa oz muddat qolgan bo‘lsa, turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
🌿Jumladan, sistitning oddiy ko‘rinishidan surunkali turga o‘tishi homilaning muddatdan avval tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Boisi, kasallik infeksiyasi siydik yo‘li orqali tarqalib, bachadon naylari faoliyatiga ham ta’sir etadi.
🍀Kasallikni davolashda siydik tahlili topshirilgach, undagi infeksiyalar miqdoriga ko‘ra antibakterial antibiotiklar buyuriladi.
🌴Shu sabab ham oylik tekshiruv ko‘rigida ayolning peshob tahlili olinib, tarkibi o‘rganiladi.
Malumotlar
Sistit muolajasi homila uchun zararli emasmi?