Sistit haqida

Sistit haqida

Sistit — bu qovuq (siydik pufagi) shilliq qavatida sodir bo’ladigan yallig’lanish jarayoni bo’lib, uni ko’pincha infeksiya keltirib chiqaradi. Kasallik bilan erkaklar ham, ayollar ham og`rishi mumkin, ammo ayollarda organizmning o`ziga xos tuzilishi tufayli ko’proq uchraydi. Buning sababi shundaki, ayollarda siydik yo’llari erkaklarnikiga qaraganda ancha qisqaroq va infeksiya siydik pufagiga kirish uchun kamroq to’siqlarga ega.

Sistit – bu qovuq (siydik pufagi) shilliq qavatida sodir bo’ladigan yallig’lanish jarayoni bo’lib, uni ko’pincha infeksiya keltirib chiqaradi. Kasallik bilan erkaklar ham, ayollar ham og`rishi mumkin, ammo ayollarda organizmning o`ziga xos tuzilishi tufayli ko’proq uchraydi. Buning sababi shundaki, ayollarda siydik yo’llari erkaklarnikiga qaraganda ancha qisqaroq va infeksiya siydik pufagiga kirish uchun kamroq to’siqlarga ega.

Sistitning ko`rinishlari

Kasallikning kechishiga qarab sistitning ikki xil ko`rinishi ajratiladi: o’tkir va surunkali. O’tkir sistit gipotermiya, ya`ni sovqotish tufayli yuzaga kelishi mumkin, uning belgilari:

  • og`riqli tez-tez peshob kelishi;
  • jinsiy a’zolar, orqa chiqaruv teshigi sohasida, sonlar oralig`ida yoqimsiz hislar;
  • siydik rangining xiralashuvi (bu siydikda leykositlar, shilliq qavat va siydik pufagi hujayralarining ko’pligi, shuningdek bakteriyalar tufayli sodir bo`ladi);
  • yuqori tana harorati.

Surunkali sistit odatda ikkilamchi bo’lib, uning belgilari o’tkir sistitda ham kuzatiladi, ammo unchalik kuchli bo`lmaydi.

Sistitning sabablari har xil bo’lib, ularga qarab rivojlanayotgan yallig’lanishni quyidagicha tasniflash mumkin:

  • o`ziga xos bo`lmagan (patogen mikroflora tufayli hosil bo’lgan — stafilokokk, kandida, klebsiella, enterobakteriya, proteya kabilar);
  • o`ziga xos sil yoki jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar, masalan sifilis, xlamidiya, ureaplazmoz tufayli shakllangan).

Bundan tashqari shifokorlar quyidagilarni ajratib ko’rsatishadi:

  • radiatsiya terapiyasini o’tkazishdan kelib chiqadigan post-radiatsion turi;
  • interstitsial tip, bu turdagi sistitda butun qovuq zararlanadi, qovuq devori to’qimalarida chandiq paydo bo’ladi.

Sistitning sabablari

Sistit turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin, bunga ko`ra kasallik bakterial va noinfeksion turlarga bo`linadi. Bakterial sistitda qovuqqa infeksiya kirishining to’rtta yo`li bor:

  • Pastga tushish yo’li (yallig’langan buyraklar orqali o`tadi);
  • Ko’tarilish yo’li (infeksiya tashqi muhit orqali kirib boradi);
  • Limfogen (limfa tomirlari orqali, nosog`lom jinsiy a’zolardan yuqadi);
  • Gematogen (organga qon oqimi orqali kiradi).

Sistitning noinfeksion sabablari quyidagilardir:

  • qovuq to’qimalarining yallig’lanishi bilan namoyon bo’ladigan allergiya;
  • immunitet yoki asab tizimi faoliyati buzilishi;
  • kimyoviy kuyishlar (qovuqqa shifokor tomonidan belgilanmagan dori vositalarining kiritilishi, shuningdek, tibbiyot xodimlari yoki bemorning ehtiyotsizligi tufayli);
  • qorinning pastki qismi va genital sohalarda radiatsiya terapiyasining o`tkazilishi.

Sistit rivojlanishiga bilvosita ta’sir ko’rsatadigan omillar:

  • nofaol turmush tarzi;
  • gipotermiya (sovqotish);
  • noqulay ichki kiyim;
  • jinsiy hamrohlarning doimiy o’zgarishi va kontraseptiv vositalardan voz kechish;
  • shaxsiy gigienaga beparvolik;
  • ichki organlar kasalliklari;
  • charchoq, gipovitaminoz;
  • qovuq bo’shatishning buzilishi;
  • immunitetning pasayishi;
  • siydik qopidagi begona jismlar;
  • katetrlash, uretroskopiya.

Ayollar va erkaklarda sistit belgilari

Sistit erkaklar va ayollarda quyidagi belgilarda namoyon bo’ladi:

  • tana haroratining oshishi;
  • o’zini yomon his qilish, charchoq;
  • peshob chiqarish paytida yoqimsiz yoki og’riqli hislar, oxirida kuchayadi;
  • tez-tez peshob chiqarish hissi;
  • qovuq sohasida og’riq;
  • qovuqning to’liq bo’shatilmaganligi hissi hojatxonaga borganidan keyin darhol paydo bo’ladi;
  • loyqalangan peshob (ba’zida qon aralashmalari bilan);
  • peshob chiqarishda siydik yo‘llaridan yiring chiqishi;
  • ayollarda hayz sikli buzilishi.
ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Sistit diagnostikasi

Sistit diagnostikasi laboratoriya va klinikalarda tekshiruvlar o’tkazishni anglatadi. Shifokor anamnezni to’playdi, bemorning qorin bo’shlig’ini ushlab ko`radi (bunda og’riq seziladi) va quyidagilar buyuriladi:

  • siydikning umumiy tahlili (rangi, zichligi va boshqa parametrlarini o’rganish uchun);
  • qonning umumiy tahlili (yallig’lanish belgilari – eritrositlarning cho`kish tezligi ortishi yoki leykositlar sonining ortishini aniqlash uchun);
  • qonning biokimyoviy tekshiruvi (qondagi tuz, oqsil va nitratlarni aniqlash uchun);
  • sistit qo`zg`atuvchi bakteriyalarning dori vositalariga sezuvchanligini aniqlash uchun bakteriologik tekshiruvi;
  • JYYI (kandidoz, mikoplazmoz, trixomoniaz, ureaplazmoz, gonoreya, gardnerellyoz, xlamidiya).
  • Urofloumetriya.
  • buyraklar, siydik pufagining ultratovush tekshiruvi;
  • urologik tekshiruv;
  • Sistoskopiya bilan biopsiya. Siydik qopiga biriktirilgan kamerali trubka kiritiladi, shundan so’ng tekshiruv uchun qovuq to’qimasi bo’lagi olinadi.

Sistitni tashxislash va davolash urologiya tibbiyot markazlarida amalga oshiriladi.

Sistitni qanday va nima bilan davolash kerak

Sistit kasalligida infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun bemorga antibiotik preparatlari buyuriladi. Dori-darmonlarni qabul qilishning eng maqbul kursi — uch kundan yetti kungacha. Ftorxinolonlar guruhidagi barcha antibiotiklarning aksariyati ko’pchilik bakteriyalarga qarshi samarali bo’ladi. Boshqa dorilar kamroq samarali.

Agar sistit kuchli og’riqlar bilan kechsa, bemorga No-shpa, Baralgin, Papaverin, Nimesil, Diklofenak kabi og’riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi.

O’simliklar va ularning qismlari asosida tayyorlangan preparatlar siydik hosil bo’lishini oshirish uchun (ya’ni siydik haydovchi ta’sir uchun) sistitni davolashda qo’llaniladi. Dorixonalarda sanoatda ishlab chiqarilgan Siston, Fitolizin, Kanefron kabi dori-darmonlar sotiladi.
Kasallikni davolash asosan immunitet holatiga bog’liq bo’lganligi sababli, uni oshirish uchun quyidagi dorilar buyuriladi:

  • «Likopid». Bakteriyalarni o’zlashtiradigan va eritadigan hujayralar faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, ushbu preparatning ta’siri ostida antitanachalar faolroq ishlab chiqariladi.
  • «Viferon». Immunitet tizimini kuchaytirishga yordam beradi, interferon asosida ishlab chiqariladi, bu esa o’z navbatida yallig’lanish jarayonlariga qarshi kurashish uchun tabiiy birikma hisoblanadi.
  • «Uro-Vaksom». Sistitni qo’zg’atuvchi eng keng tarqalgan bakteriyalar — E.Coliga qarshi immunitetni kuchaytiradi.


Erkak va ayollardagi surunkali sistitni davolashda siydik qopining istillyatsiyasi

Qovuq instilyatsiyasi – siydik pufagiga dori yuborish amaliyotidir. Surunkali sistitni mahalliy davolash uchun ishlatiladi. Bu yoqimsiz jarayon, ammo og’riqli emas.

Ushbu davolash tadbiri faqat shifoxonada amalga oshiriladi. Endoskop yordamida siydik qopi tekshiriladi, kerak bo’lsa, gistologik tahlil uchun siydik pufagi devorlarining biopsiyasi olinadi.

Instillyatsiyani o`tkazish ketma-ketligi:

  • Siydik qopi bo`shatiladi.
  • Maxsus kateter o’rnatiladi.
  • Dori vositasi 37 darajaga qadar isitiladi, shundan so’ng uni qovuq bo’shlig’iga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Xiralashgan suyuqlik ajralgandan so`ng, dori takroran yuboriladi. Bu jarayon toza shaffof suyuqlik ajralib chiqqunicha davom etadi.
  • Kateter ehtiyotkorlik bilan chiqariladi.

Davolash tadbiridan so’ng ikki soat davomida peshob ajratmaslik tavsiya qilinadi. Agar lozim bo’lsa, uch kundan keyin bu tadbir takrorlanadi.

Instilyatsiya paytida qo’llaniladigan dorilar

Surunkali sistitni davolashda instilyatsiya paytida quyidagi dorilar qo’llaniladi:

  • antibiotiklar (aminoglikozid, penitsillin, sefalosporin);
  • antiseptik vositalar (Furadonin, Dekasan, Xlorgeksidin, kaliy permanganat, kumush va yod preparatlari);
  • ozonlangan eritmalar (ozon antioksidant hisoblanadi);
  • yallig’lanishga qarshi preparatlar (atsetilsalitsil kislotasi);
  • o’simlik preparatlari (moylar, qaynatmalar);
  • immunostimulyatorlar (Interferon, Sikloferon);
  • og`riqni yengillashtiradigan dorilar (Papaverin, No-shpa);
  • bakteriofaglar.

Instilyatsiyaga qarshi ko’rsatmalar

Ushbu davolash tadbiri quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

  • o’tkir shakldagi sistit;
  • siydik-tanosil tizimining sil infeksiyasi;
  • homiladorlik (birinchi trimestrda);
  • siydik-tanosil tizimining boshqa yuqumli jarayonlari.

Homiladorlik davrida sistitni davolash

Homiladorlik paytida sistit tez-tez uchraydi. Uning xavfi pielonefritni qo’zg’atishi mumkinligidadir. Pielonefrit buyrak yetishmovchiligi, kech gestoz va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin.

Kasallik rivojlanishining dastlabki bosqichida sistitni antibiotiklar bilan davolash mumkin, ammo ko’plab homilador ayollar antibiotiklarni qabul qilishga tavakkal qilmaydilar, ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida. Ularsiz kasallikni davolash mumkin, ammo bu jarayon uzoq davom etadi va qayta kasallanish xavfi mavjud bo`ladi.

Homilador ayollar uchun xavfsiz bo’lgan dorilar No-shpa kabi keng tarqalgan o’simlik preparatlari asosida tayyorlangan spazmni yengillashtiradigan dorilardir. Ular kuchli og’riq paydo bo`lganda buyuriladi.

Keyinchalik, homilador ayol sistitni davolash uchun instilyatsiya qildirishi yoki fizioterapiya yordamida davolanishi mumkin.

Sistit kasalligida parhez

Kasallik paytida siydik pufagi zararlanishini kuchaytiradigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish taqiqlanadi. Bu ziravorlar, yog’li ovqatlar, souslar, konservalangan mahsulotlar. O’tkir sistit davrida spirtli ichimliklar, choy, qahva va dudlangan mahsulotlar ham taqiqlanadi.

Sistit kasalligida siydik pufagini tiklashga yordam beradigan oziq-ovqatlar:

  • sabzavotlar va mevalar;
  • sut mahsulotlari;
  • suyuqliklar (sharbatlar, suv);
  • asal.

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Sistit nimasi bilan xavfli?

Sistitning o’tkir shakli vaqtida davolanmasa, surunkali shaklga o’tishi mumkin va undan qutulish bir necha barobar qiyinroq bo`ladi. Dastlabki alomatlar paydo bo`lishi bilan urolog ko`rigidan o`tish kerak. Bundan tashqari vaqtida davolanmagan kasallik quyidagi asratlarga olib kelishi mumkin:

  • buyraklar, ularning atrofdagi to’qimalar, siydik yo’llarining yallig’lanishi;
  • siydik qopi kichrayishi (qovuq hajmi juda kichrayib ketadi);
  • jinsiy hayotning buzilishi.

Xavf ostidagilar

Sistit bilan kasallanish xavfi quyidagi insonlarda mavjud:

  • yaqinda jinsiy hayot boshlagan yosh ayollar;
  • homiladorlikning istalgan davridagi ayollar;
  • klimaks yoshidagi ayollar;
  • 60 yoshdan oshganlar;
  • qandli diabet bilan kasallanganlar;
  • kontratseptiv diafragmadan foydalanadigan va bir vaqtning o’zida anal jinsiy aloqada bo`lgan ayollar.

Sistit profilaktikasi

Siydik yo`llariga infeksiya tushishi va sistit rivojlanishi ehtimolini kamaytirish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:

  • hojatxonaga o`z vaqtida borish;
  • haddan tashqari sovqotishga yo`l qo`ymaslik, ob-havoga mos kiyim tanlash;
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy ravishda va to`g`ri amal qilish;
  • hayz paytida ayollarga tampon va tagliklarni vaqtida almashtirish tavsiya etiladi;
  • intim gigiena uchun neytral va yumshoq yuvish vositalaridan foydalanish;
  • kuniga yetarli miqdorda, kamida bir yarim litr, suyuqlik ichish;
  • tabiiy va sifatli matodan tayyorlangan ichki kiyimlarni o’lchamiga qarab ehtiyotkorlik bilan tanlash;
  • to’g’ri ovqatlanish va rejimga rioya qilish;
  • alkogolli ichimliklarni iste’mol qilmaslik.


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Sistitni davolovchi shifokorlar

Venereolog, Dermatolog, Urolog

Tajriba 33 yil · Oliy toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m


Batafsil

ico

Mirzo-Ulug’bek tumani, Mustaqillik Shoh Ko’chasi 59А

Mo’ljal: Hamid Olimjon metro bekati

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:30-13:00  

Androlog, Urolog

Tajriba 32 yil · Birinchi toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m


Batafsil

ico

Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 105

Mo’ljal: eski ToshMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-14:00  

Urolog, Seksolog

Tajriba 41 yil · Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, 1, qavat 1

Mo’ljal: kinoteatr «Guncha», «Registon» restorani yonida — 9 -qavatda. n bino

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

ico

Mirobod tumani, Afrosiyob ko`chasi, 12B

Mo’ljal: «Angel’s Food» kafesi «Aybek» metro bekati

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 12:00-16:00  

Androlog, Urolog, Seksolog

Tajriba 25 yil · Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo’ljal: Toshkent restorani

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-15:00  

Urolog

Tajriba 27 yil · Oliy toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    150 000 so’m

  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    220 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    180 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

220 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Chilonzor-1, 5/1

Mo’ljal: Shahar prokuraturasi ro‘parasida, 66-maktab yonida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

ico

Mirzo-Ulug’bek tumani, Tantan ko’chasi, 1-uy

Mo’ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba 08:00-15:00   

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

100 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Farobiy ko`chasi, 3A

Mo’ljal: yangi ToshMI hududida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:30-13:00  

Nefrolog, Urolog

Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

100 000 so’m


Batafsil

ico

Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14

Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-14:00  

ico

Uchtepa tumani, Faziltepa ko`chasi, 21

Mo’ljal: Uchtepa tumani hokimligi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

Androlog, Urolog

Tajriba 9 yil


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    130 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    150 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi




    narx so’rov bo’yicha

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

130 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19

Mo’ljal: Chilonzor IIBB

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Payshanba 18:00-07:00   

ico

Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko’chasi, 10

Mo’ljal: Urda chorraxasi, Trast bank ro’parasida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:30-15:00  

Androlog, Urolog

Tajriba 14 yil · Ikkinchi toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    130 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

130 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19

Mo’ljal: Chilonzor IIBB

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 09:00-16:00  

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

120 000 so’m


Batafsil

ico

Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14

Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-15:00  

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Foydali ma’lumot

ico

Analizlar

Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o’tishingiz mumkin bo’lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi


Batafsil ico

ico

Diagnostik markazlar

Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi


Batafsil ico

ico

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling


Batafsil ico

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Kasalliklar
Sistit