SISTEMA

SISTEMA

SISTEMA, geologik sistema — Yer pusti va Yerning organik dunyosi rivojlanishidagi tabiiy bosqichga mos keladigan xalqaro stratigrafik shkalaning asosiy boʻlinmasi. Geologik sistema shakllangan oraliq vaqt geologik davr debataladi. Yerning eng yangi tarixi — fanerozoyda jami 12 geologik sistema mavjud; ularning ketma-ketligi 19-a. ning 1-yarmi davomida aniklangan va 1881-y. Bolonye sh. da Xalqaro geologik kongressning 2sessiyasida tasdiklangan (yana q. Geoxronologiya).

Ensiklopediya.uz
SISTEMA