SIROJ HAKIM

SIROJ HAKIM

SIROJ HAKIM, Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy ibn hoji Mirzo Abdurauf (1877.23.10, Buxoro 1914.17.1) maʼrifatparvar olim va shoir; tabib, sayyoh. Yirik savdogar oilasida tugʻilgan. Fors, arab, fransuz va rus tillarini mukammal bilgan. Texrondagi Amerika tibbiyot kolleji va Bern un-ti (Shveysariya) tibbiyot ftida oʻqigan. 1902—09 y. larda u Yevropa va Sharq mamlakatlariga 3-marta sayohat qilgan. Tehronda Amerika tibbiyot kolleji va shifoxonasida ishlagan. Buxoroga kaytgach (1909-y. dek.), bu yerda yevropacha usuldagi shifoxona ochib, uni xorijdan keltirilgan tibbiy uskunalar bilan jihozlagan. Koʻp yillik sayohatlari natijasida yaratgan «Tuhfai axli Buxoro» («Buxoro axliga tuhfa») asarida Usmonli turk sultonligi, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Yevropa mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, madaniy hayotni tasvirlagan.

Ensiklopediya.uz
SIROJ HAKIM