SIRKON

SIRKON

SIRKON (Zirkon; dastlab forscha — zargun deyilgan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral, Zr[SiO4]. Aralashmalari tarkibiga kura, Sirkonning quyidagi: alvit Hf va Th b-n, oyamalit — TgvaR b-n, xagatalit — Th va Nb b-n, naegit — TR, Th, Nb, Ta va boshqalar bilan bulgan turlari mavjud. Tarkibida Th, U, H2O (Th>U) bulgan metamiktli dipiramidal Sirkonlar malakonlar, prizmatik (T1ki)lari — sirtolit l ar deb ataladi. Shaffof Sirkon sariq, qoʻngʻir-qizil pushti rangda boʻlib, giatsint deb, metakolloidli, kollomorflilari — arshinovit deb nomlangan. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Granit, siyenit hamda pegmatitlarda uchraydi. Rangi jigarrangsariq, pushti, baʼzan rangsiz. Koʻrinish darajasida shaffof. Radioaktivli, moʻrt. Olmossimon yaltiraydi, tiniq. Qattiqligi 7—8, zichligi 4,6—4,7 g/sm3. S. granat, nefelinli siyenit va ularning effuziv analoglarini aksessor minerali. Nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Sinonimlari: kaliptolit, xeldburgit, sirkonit va b. S. — sirkoniy va gafniy olishning asosiy manbasi. Sof Sirkon li qumlar qolipga quyishda hamda olovbardosh, maxsus sopollarni yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Giatsint va Sirkonning shaffof sariq va yashil turlari zargarlikda ish-latiladi. Sirkonning katta zaxiralari AQSHning Tinch okean sohillaridagi dengiz boʻyi sochmalarida Shri Lanka o. da va Sharqiy Avstraliyada topilgan. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama regionida, Angren togʻlarining nurash poʻstida va Qoraqalpogʻistonning fosforitlarida uchraydi.

Ensiklopediya.uz
SIRKON