SIRDARYO ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI haqida to’liq ma’lumot oling

SIRDARYO ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI haqida to’liq ma’lumot oling

SIRDARYO ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI — Oʻrta Osiyodagi yirik energetika inshooti. Yangiyer sh. dan 30 km sharkda, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasidagi Shirin sh. da kurilgan. Stya kurilishi 1966-y. da boshlangan. Quvvati 300 MVt boʻlgan birinchi energoblok 1972-y. da, oxirgisi — 10energoblok 1981-y. da ishga tushirilgan. Taganrog qozon z-dida tayyorlangan bugʻ qozonlari oʻrnatilgan, kondensatsiya turbinalari Leningrad «Elektrosila» z-didan keltirilgan. Asosiy yoqilgʻisi — Shoʻrtan gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz, ehtiyot yoqilgʻisi — mazut. Sirdaryoning Farhod gidrouzeli yuqori byefidan boshlanadigan kanal orqali suv bilan taʼminlanadi.

Styada oʻrnatilgan quvvatlar 3000 MVt boʻlib, st-ya «Oʻzbekenergiya» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi elektr stansiyalar hosil qiladigan umumiy elektr energiyasining 33% ga yaqinini ishlab chiqaradi. 2003-y. da 15168 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Quvvatlar 220 va 500 kV li elektr uzatish tarmoklari orqali Markaziy Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga beriladi. Hozirgi davrda st-ya uskunajihozlarning ishonchli va tejamkor ishlashini oshirish maqsadlarida rekonstruksiya va texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Malumotlar
SIRDARYO ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI