SIRCHUMCHUQLAR

SIRCHUMCHUQLAR

SIRCHUMCHUQLAR (Saxicola) qorayaloqlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 10 turi bor. Tanasining uz. 12,5— 20 sm, vazni 15—16 g. Yevrosiyo va Afrikada uchraydi. Oʻzbekiston choʻllarida qora boshli sirchumchuq, qora sirchumchuq uya quradi. Uyasini oʻtlar orasidagi chuqurliklarga, baʼzan yiqilgan daraxt ildizlari ostiga quradi. 4—7 tuxum qoʻyadi.

Ensiklopediya.uz
SIRCHUMCHUQLAR