SINXRONIZATOR

SINXRONIZATOR

SINXRONIZATOR — 1) avtomobillarning uzatmalar qutisida tishli gʻildiraklar (shesternyalar)ni shovqinsiz va turtkisiz ulash uchun ishlatiladigan qurilma. Ishi tishlashadigan detallarning ishqalanishi hisobiga uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val va avtomobilning birlamchi vali bilan bogʻlangan tishli gʻildiraklarning burchak tezliklarini tenglashtirib turishga asoslangan. Sinxronizator tishli gʻildiraklarning ishlash muddatini uzaytiradi;

Ensiklopediya.uz
SINXRONIZATOR