SINTOB OLTIN KONI
SINTOB OLTIN KONI — Nurota togʻlarining shim. da Sintobsoyning chap sohilida joylashgan. 1934—35 y. larda ochilgan. 2000-y. dan keyin keng qamrovli qidiruv ishlari boshlangan. Kon maydoni gersin davrida hosil boʻlgan Shim. Nurota braxiantiklinalining markaziy qismida, besapan svitasining qumtoshslanesli yotqiziqlaridan, quyi karbonning qora uglerodli qumtosh va alevrolitli qalin qatlami bilan qoplangan quyi devonning karbonatli jinslaridan tuzilgan va bu yotqiziqlar oʻrta karbonning ohaktoshlari bilan yopilgan. Oltinsulfidli mineralizatsiya gidrotermal genezisga mansubdir. Rudalar hosil boʻlishi kvarslanish, seritsitlanish, karbonatlanish kabi oʻzgarishlar b-n bogʻliq. Rudalari qatlamlar orasida tomirlar shaklida joylashgan. Rudaning mahsuliy tarkibi: galenit, sfalerit, xira rudalar, kuprit, oltin, argentit, sof kumush, xalkopirit, pirit, limonit, malaxit, azurit, kovelin, xalkozin, serussit, rux oxrasi, sof mis, bulanjerit, arsenopirit, sheyelit. Asosiy foydali komponentlar — Ai (oʻrtacha tarkibi 4,0 g/t), Ag( 200 g/t), WO,(0,011,2%). Kon qadimdan maʼlum boʻlib, 5—7 va 9 — 12-a. larda rudaning yer yuzasiga yaqin qismlari butunlay qazib olingan.
Ensiklopediya.uz
SINTOB OLTIN KONI