SINGAPUR haqida to’liq ma’lumot oling

SINGAPUR haqida to’liq ma’lumot oling

SINGAPURSingapur davlatining poytaxti. Jan. Sharqiy Osiyoning yirik iktisodiy markazi. Aholisi 4,1 mln. kishi (2001). Singapur boʻgozi sohilidagi dunyoda eng yirik dengiz portlaridan (yiliga 130 mln. t dan ziyod yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T. y. va shosse yoʻllar orqali Malakka ya. o. bilan bogʻlangan. Singapur — xalqaromoliya va xom ashyo tovarlari (tabiiy kauchuk, kokos palmasi mahsulotlari, yogʻoch, ziravorlar, mevalar, kofe, qalay) savdosining yirik markazi. Neftni qayta ishlash, elektrotexnika, neft kimyosi, mashinasozlik, kema taʼmirlash, rezina, oziq-ovqat va b. sanoat korxonalari bor. Baliqovlanadi. Shahar markazida koʻp qavatli zamonaviy binolar qurilgan. Singapur un-ti, 2 politexnika inti, muzeylar, kutubxonalar, botanika bogʻi, dengiz akvariumi, teatr va b. bor. Shaharga 1299-y. da asos solingan. 1365-y. dan S. Malay davlatlari savdosida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 1832-y. dan Britaniya Malayyasi mustamlakasining, 1946—59 y. larda inglizlarning Singapur mustamlakasining bosh shahri. 1959-y. dan «Oʻzini oʻzi boshqaruvchi Singapur davlati»ning, 1965-y. dan mustaqil Singapur Respublikasining poytaxti.

Malumotlar
SINGAPUR