SING
SING (Sinj) Richard Lourens Millington (1914.28.10, Liverpul — 1994) — ingliz biokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1950-y. dan). Kembrij un-tini tugatgan (1936). 1941—43 y. larda jun sanoati birlashmasida, 1943-y. dan Londondagi Listerov in-tida, 1948-y. dan Aberdindagi Rouet i. t. institutida, 1967—76 y. larda Norvichdagi Oziqovqat in-tida ishlagan. Ilmiy ishlari biologik muhim birikmalarni ajratib olish va narchalash jarayonlarini oʻrganishga, oqsillar analitik kimyosiga oid. A. J. Martin bilan hamkorlikda yangi oqsillar va antibiotiklarni oʻrganishda analitik maqsadda qoʻllanadigan qogʻozdagi xromatografiya usulini ishlab chikdi (1944). Turli polisaxaridlar, elektrokinetik ultrafiltrlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazdi (1946—50). Nobel mukofoti laureati (1952, A. J. Martin bilan hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
SING