SINFDOSHLAR

SINFDOSHLAR
sinfdoshlar 6650836addcd2

maktab va sinifdoshlar haqida sherlar

SINFDOSHLAR

DO`STLARGA ULASHING:

SINFDOSHLAR

Hayot yo‘lga chiqyapmiz maktab,
Qalam so‘zlar tugatib xatlab,
Qara endi ko‘zlarin yoshlab,
Sinfdoshlar ketyapmiz tashlab.

Biz hammamiz baxtiyor edik,
Shodon, quvnoq, beg‘ubor edik,
Mana endi ichimiz yedik,
Sinfdoshlar ketyapmiz tashlab.

Yaqin sirdosh inim yo‘q endi,
Xayrlashdik ko‘ngil zor endi.
Uchrashuv hol so‘rash yo‘q endi,
Sinfdoshlar ketyapmiz tashlab.

Sog‘inamiz biz diydoringiz,
Shirin so‘zu-gul xumoringiz.
Jaranglaydi sho‘h ovozingiz,
Sinfdoshlar ketyapmiz tashlab.

Yurar edik birga bemalol,
Kezar edik orzuli hayol,
Qo‘ng‘iroqlar chalganda, til lol,
Sinfdoshlar ketyapmiz tashlab.

Kelasiz-a ko‘p bora yo‘qlab,
Birgalikda turamiz eslab,
Ahvol so‘rang ko‘ngilni to‘qlab,
Sinfdoshlar ketyapmiz tashlab.

SINFDOSHLAR